Евразийский
научный
журнал
Заявка на публикацию

Срочная публикация научной статьи

+7 995 770 98 40
+7 995 202 54 42
info@journalpro.ru

Umumiy o’rta ta'lim maktablarida mehnat ta’limining o’ziga xos xususiyatlari

Поделитесь статьей с друзьями:
Автор(ы): Maxmudova Tulganoy Abdurashidovna, Kurbonova Umida Abdukarimovna, Hudoynazarova Shahnoza Mengboyevna
Рубрика: Педагогические науки
Журнал: «Евразийский Научный Журнал №9 2018»  (сентябрь, 2018)
Количество просмотров статьи: 3740
Показать PDF версию Umumiy o’rta ta'lim maktablarida mehnat ta’limining o’ziga xos xususiyatlari

Maxmudova Tulganoy Abdurashidovna
Denov tumani 25-son umumiy o’rta ta'lim maktabi o'qituvchisi,

Kurbonova Umida Abdukarimovna,
Sariosiyo tumani 19-son umumiy o’rta ta'lim maktabi o'qituvchisi,,

Hudoynazarova Shahnoza Mengboyevna
Denov tumani 25-son umumiy o’rta ta'lim maktabi o'qituvchisi

Dars maktabdagi ta`lim ishining asosiy tashkiliy formasidir. Ustaxonalardagi mashgulotlarda dars mehnat ta`limining asosiy vazifalarini amalga oshirish, yangi materialni bayon qilishni amaliy topshiriq berish va uni xal qilish bilan yaxshi boglash, O’quvchilarni aktivlashtirish, ijtimoiy foydali mehnatga jalb etishni amalga oshirish imkonini beradi. Mehnat darslari boshqa O’quv predmetlariga nisbatan qator xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat.

1.Darsda markaziy urinni O’quvchilarnining amaliy ishlari egallaydi. Shu munasabat bilan ustaxonalardagi mashgulotlarda qushalok darslar sifatida utish maqullangan, 45 daqiqali darsning noqulayligi shuki, unda O’quvchilarnining bevosita amaliy ishlariga juda kam vaqt qoladi. Uning kup qismi ish o’rnini taerlash va yigishtirishga, O’qituvchining instruktajiga ketadi. 90 daqiqa davomida O’quvchilarni ma`lum mehnat topshirigini bajarishga ulguradilar, bu esa ularga ma`noviy konikish bagishlaydi va O’qituvchiga ish natijalarini baxolash imkonini beradi.

2.O’quvchilarnining amaliy ishlari unumli mehnat bazasida tashkil qilinadi. 3.Ustaxonalardagi mashgulotlarda O’quvchilarni xar xil qirkuvchi asboblar erdamida ishlaydilar, materiallarga stanokda ishlov berishni bajaradilar. Shu sababli darsni o’kazishning xavfsizligini ta`minlovchi maxsus tayorgarlikni talab qiladi. Darsga qator didaktik talablar quyiladi. Mehnat darslariga nisbatan bu talablar nimalar ekanligi quydagilardan iborat.

1.Didaktik maqsadning aniqligi. Odatda har bir darsda qator didaktik masalalar xal qilinadi, ko’pincha ularning bittasi ustunroq bo’ladi.

Masalan, O’quvchilarga bilimlar beriladi, ularda ko’nikma va malakalar shakllanadi, texnik ijodiyot qobiliyati va xakozalar rivojlanadi. Ammo ana shu ta`limiy vazifalar xar qanday darsda birday xal qilinmaydi. Bu ko’p jixatdan darsning mazmuniga bogliq. Masalan, modellashtirishga bagishlangan darslarda ayniqsa texnik tafakkurni, fazoviy tasavvurni va texnik ijodiyot uchun zarur boshqa sifatlarni rivojlantirish uchun yaxshi sharoitlar vujudga keladi. O’quvchilarni modellarni tayorlar ekan, ilgari olgan bilim va malakalarini mustaxkamlaydilar va takomillashtiradilar, ammo bu mazkur xolda asosiy emas, yul-yulakay xal qilinadigan vazifa bo’lib xisoblanadi.

Dars strukturasi, tayyorlash ob`ekti, metodik vositalar — bularning xammasi birinchi navbatda asosiy didaktik vazifaga buysinadi, uni bajarishga yunaltiriladi. Shu bilan birga boshka O’quv vazifalarining bajarilishiga tuskinlik kiladigan sharoitlar vujudga kelishiga xam yo’l ko’yilmaydi. Mehnat ko’nikmalarini shakllantirish vazifasi birinchi o’rinda turadi. Xar qanday mehnat operatsiyasini o’rganish O’quvchilariga operatsiyaning moxiyati, asboblar, ish usullari va xakozalar xakida ma`lum darajada bilimlar berishdan boshlanadi. Bu bilimlarni uzlashtirish ishning to’gri usullarini uzlashtirishning zaruriy sharti.

Ko’pincha mehnat usullarini bajarish uchun zarur bilimlarni egallash usullarining uzini egallashdan ancha asonirok bo’ladi. Shu sababli operatsiyalarni o’rgatishda O’qituvchi ning diqqat e`tibori O’quvchilarni mehnat usullarini to’gri bajarishlariga qaratiladi.

Mehnat ta`limi O’qituvchi si darsga tayyorlanayotganda mazkur darsda didaktik vazifalarning kaysilari asosiy vazifalar xisoblanishini aniqlaydilar, ularga darsning maqsadi sifatida qaraydi va darsni shunga ko’ra tashkil etadi.

2.Ta`lim va tarbiya vazifalarining birligi. Ta`lim tarbiyalovchi bo’lishi kerak. Bu talab xamma O’quv predmetlariga bab-barabar ta’lluqli. Mehnat darslarida Mehnat tarbiyasi uchun aloxida qulay sharoitlar vujudga keladi. Shu sababli mehnat tarbiyasiga mehnat ta`limining asosiy vazifalaridan biri sifatida qaraladi. Bundan esa O’qituvchi o’z oldiga tarbiyaviy xarakterdagi muayyan vazifani qo’ymagan darsni yaxshi dars deb xisoblab bo’maydi. Kishining mehnatga munosabatiga qarab uning mehnat tarbiyasi xaqida xukm chiqarish mumkin. Kim to’gri mehnat tarbiyasi olgan bulsa uzi, maxsulotning sifatini buzib, materiallarni tejamsiz sarflab, asboblarni extiyotsizlik bilan ishlatib mehnat unimdorligini oshirishga xech kachon yo’l qo’ymaydi. O’qituvchi tarbiyaviy ish natijalarini uzluksiz kuzatish va unga tegishli tuzatishlar kiritish imkoniga ega buladi.

Xar bir darsdagi ta`lim protsessi O’quvchilarni mehnatga muxabbat uygatadigan yusinda tashkil kilinishi kerak. Buning uchun O’qituvchi ish ob`ektini tanlashda faqat uning dastur talablariga mosligi xaqida emas, O’quvchilarni qanday qizikish, jonlanish uygotishi, ya`ni ularni qiziqtirish, musabaqaga ragbatlantirish va xakozalar haqida ham uylashi kerak. O’quvchilarniga ish o’rnini tayyorlamasdan turib ishlashga kirishmaslik, nosoz asboblar bilan ishlamaslik kabi mehnat madaniyatining ma`lum qoidalarini singdirish kerak. Agar O’qituvchi xar darsda talablarni bushashtirmay bu qoidalarning bajarilishini kuzatib borsa, ular odat tusiga kirib qoladi. O’quvchilarni uzlarining mehnatga munasabati buyicha juda farq qiladi, shu sababli tarbiyaviy ishda ularga individual yondashishni ta`minlash jada muxim. Oilada mehnat tarbiyasi olgan bolalar mehnatga to’gri munasobatda buladi.

Jismoniy mehnatga mensinmay qaraydigan O’quvchilarniga O’qituvchi alohida etibor qilishi kerak. Mehnat ta`limi O’qituvchi si darsni rejalashda bunday O’quvchilarni bilan utkaziladigan tarbiyaviy ishlarni maxsus rejalashtiradi. Maktablarning ish tajribasi O’quvchilarnining mehnatga munasobatlari asta-sekin tenglashishini, barcha O’quvchilarni bajonidil, kuchi etganicha mehnat qila boshlashini kursatadi. Bunga darsda ta`limiy va tarbiyaviy vazifalarning birligi ta`minlangan taqdirdagina erishiladi. 3.O’quv materialini to’gri tanlash. O’quv materialini tanlashda darsning maqsadi, O’quvchilarni oldingi mehnat darslarida olgan bilim va malakalar; fan asoslariga oid bilimlari; ularning jismoniy rivojlanganligi kabi qator omillar xisobga olinadi. Misol sifatida egochga, metallga ishlov berishda, shuningdek, elektromontaj ishlarida kullanadigan rejalash operatsiyasini olamiz. Bu tajribani O’quvchilarni birinchi marta 5-sinfda bajaradilar.Bunda to’gri turtburchak shakldagi konturga ega bulgan detallarni tekislikda rejalash razmetkalovchi asboblar erdamida bajariladi.7-sinfda geometrik yasashlar erdamida rejalash shablonlar buyicha rejalash ishlarini sikib chikara boshlaydi.8-sinfda rejalashga talablar ortishi mumkin, chunki O’quvchilarni bu operatsiya uchun muxum ma`lumotlar: uchburchak va doiradagi metrik munosabatlar, utkir uchburchakning trigonometrik funktsiyalari, ichki va tashki chizilgan uchburchaklar va xokazolar bilan tanishadilar. O’quv materialining mazmuni darsning maksadiga muvofik tanlanadi.O’qituvchi biror tema byuicha, masalan, yakunlovchi dars utkazar ekan, ishning xakikiy axvoliga karab uz oldiga xar xil maksadlarni kuyishi mumkin.Agar O’quvchilarni mehnat usullarini bajarishda tipik xatolarga yul quygan bulsalar, yakunlovchi mashgulot usha xatolar keyinchalik takrorlanmasligi uchun ularni analiz kilishga bagishlanishi mumkin.

Yakunlovchi mashgulotda O’quvchilarni bilimlarini umumlashtirish, egochga va metallga ishlov berish usullaridagi umumiy va farkli tomonlarini aniklash maksadlari xam kuyilishi mumkin.Birinchi xolda xam, ikkinchi xolda xam O’quv materialini tanlash xar xil amalga oshirilishi uz-uzidan kurinib turibdi. 4.O’qitish (ta`lim) metodlarini maqsadga muvofiq tanlash. O’qituvchi ishidagi xar xil metod va usullar omilkorlik bilan kombinatsiyalanmasa, xar qanday darsda xam maksadga erishib bulmaydi.Mehnat darsining asosiy boskichi O’quvchilarnining mustakil ishidan iboratdir.Bu ishning muvaffakiyati unda didaktik metod va usullar kanchalik muvaffakiyatli kombinatsiyalanishiga bevosita boglik buladi. O’quvchilarnining mustakil ishlari topshirik bilan tanishish, u qanday tartibda, kaysi asboblar va moslamalardan foydalanib bajarilishi xakida fikrlashdan boshlanadi. Bu masalalarning xammasini bilimlarni kullamay echish mumkin emas. Ukituvchining uzi tula-tukis yul-yurik berishi mumkin, albatta, ammo bunda ta`lim metodlarin maksadga muaffik tanlash talabi buziladi, chunki amaliy akliy faoliyat bilan boglanmagan amaliy ish mehnat tarbiyasi va politexnik ta`lim talablariga javob bermaydi. O’smirlar mustaqil ishni bajarish bilan boglik xamma masalalarni uylab olib, ulardan belgilanganlarini amalga oshirishga kirishadilar.

Shunday qilib, mehnatda bilimlarni qullash metodlari ma`lum mehnat usullarini bajarishga doir mashqlar bilan kombinatsiyalanadi. Ayniqsa, O’quvchilarni ijodietining elementlari mavjud bulgan mustaqil ishlari didaktik jixatdan qimmatlidir. Yangi materialni baen kilishda ta`limning mehnat usullarini namoyish kilish, tushintirish va suxbat kabi metodlardan foydalaniladi. Bunda xam kup narsa ukitish metodlarini maksadga muvofik ravishda kombinatsiyalashga boglik. Chunonchi, suhbat tushuntirishga qaraganda O’quvchilarnini kuproq aktivlashtiradi.Shu sabali yangi materialni ba’yen qilish jarayonida O’quvchilarnining ba`zi bilim va malakalariga tayanish mumkin bulgan xollarda, mehnat usullarini namoyish qilishni suxbat bilan kombinatsiyalash kerak.

Adabiyotlar ro’yxati

  1. Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Т.: “Маънавият”, 2008.
  2. Каримов И.А. БарКамолиддин авлод — Ўзбекистон тарақкиётининг пойдевори. Т.: “Шарқ”, 1997.
  3. Азизхўжаева Н. Педагогик технологиялар ва педагогик махорат. — Т.: 2003.
  4. Ахлидинов Р. Мактабни бошқариш санъати. Т. “Фан”, 2006.
  5. Ишмухаммедов Р. Абдуқодиров А. Пардаев А. Таълимда инновацион технологиялар (таълим муассасалари педагог-ўқитувчилари учун амалий тавсиялар).-Т.: Истеъдод, 2008.- 180 б.
  6. Ишмуҳаммедов Р. Инновацион технологиялар ёрдамида таълим самарадорлигини ошириш йуллари. — Т.: Низомий номидаги ТДПУ, 2005.
  7. Йўлдошев Ж.Ғ., Усмонов С.А. Педагогик технология асослари. Қўлланма. Т.: “Ўқитувчи”, 2004. 8. Кадрлар тайёрлаш миллий дастури. Т., Шарқ. 1997.
  8. Мирсаидов К. “Махсус фанларни укитиш ва ишлаб чикариш таълими”. Т.: “Ўкитувчи”, 1996.
  9. Олий таълим. Меъёрий хужжатлар туплами: Ғуломов С.С. таҳрири остида; Тузувчилар: Аюпов Ш.А, Рахимов Б.Х. ва бошқ.Т: “Шарқ”, 2003.- 752б.