Евразийский
научный
журнал
Заявка на публикацию

Срочная публикация научной статьи

+7 995 770 98 40
+7 995 202 54 42
info@journalpro.ru

Раздел предложений в актуальные части на английском языке

Поделитесь статьей с друзьями:
Автор(ы): ХУРРАМОВА ЗЕБО ХАЛМУРАТОВНА
Рубрика: Педагогические науки
Журнал: «Евразийский Научный Журнал №11 2019»  (ноябрь, 2019)
Количество просмотров статьи: 1422
Показать PDF версию Раздел предложений в актуальные части на английском языке

ХУРРАМОВА ЗЕБО ХАЛМУРАТОВНА
Преподаватель английского языка школа №64,
Сурхандарья, Узбекистан

Аннотация: В настоящее время проблема взаимодействия языковых символов является одной из основных. Значительная часть решения этой проблемы связана с языковым и функциональным анализом речевых элементов на основе дихотомии речи. Фактическая часть связывает точку с определенным событием. Конкретное событие определяет связь между синтаксической структурой предложения, изменением слов и интонацией предложения.

Ключевые слова: разделение предложения на актуальные части, фонологические, морфологические и синтаксические взгляды, тема, рема.

KHURRAMOVA ZEBO KHALMURATOVNA

An English teacher of School № 64, Surkhandarya, Uzbekistan

THE SENTENCE DIVISION INTO ACTUAL PARTS IN ENGLISH LANGUAGE

Abstract: nowadays the problem of language character interaction is one of the main issues. A significant part of the solution to this problem is related to the language and functional analysis of speech elements based on speech dichotomy. The actual piece relates the point to a specific event. The particular event determines the relation between the syntactic structure of the sentence, the variation in the words and the intonation of the sentence.

Key words: the sentence division into actual parts, phonological, morphological and syntactic views, theme.

INGLIZ TILIDA GAPNING AKTUAL BO’LAKLARGA BO’LINISHI XUSUSIDA

Annotatsiya: Bugungi kunda til belgilarining o‘zaro munosabati muammosi kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo‘lib turibdi. Bu muammo yechimining katta bir qismi til va nutq dixotomiyasi asosida quriladigan gap unsurlarining funksional tahlil nazariyasi bilan ham uzviy bog‘liqdir. Aktual bo`lak aytilayotgan fikrni aniq hodisani gap bilan bog`laydi. Aynan aniq bir hodisa gapdagi so`zlar va intonatsiya o`zgarganda gapning sintaktik strukturasini har xil o`zgarishlardagi munosabatini aniqlab beradi.

Kalit so`zlar: gapning aktual bo`linishi, fonologik, morfologik, sintaktik qarashlar, tema, rema.

Hozirgi kungacha til belgilarining shakliy sifatlari yetarli darajada o‘rganildi. Lekin til belgilarining ma’nosi va funksiyasi bilan bog‘liq muammolar hali izohtalabdir. Tilning har bir belgisi nutqda, ya’ni gap tarkibida aniq qo‘llanilgandagina o‘zining konkret ma’no ifodasiga va sintaktik funksiyasiga ega bo‘ladi.

Tilning har qanday belgisi ham o‘zining aniq mazmuni va funksiyasiga faqat ma’lum bir gap doirasidagina ega bo‘ladi, shu bilan birga, bu jarayonda o‘ziga nisbatan kattaroq boshqa bir belgining tarkibiy qismi bo‘lib keladi. Shunday ekan, belgi, agar u unga mukammallik baxsh etuvchi boshqa bir belgi tarkibida qo‘llanila olmasa, belgi bo‘la olmaydi [1].

Til belgisining turli ma’nolarda va funksiyalarda qo‘llanilishida nutq jarayoni va so‘zlovchi shaxsning ham muhim o‘rni bo‘ladi. Til belgisi kichik yoki katta bo‘lishi mumkin. Shuning uchun u fonologik, morfologik yoki sintaktik nuqtai nazardan ham o‘rganiladi.

Fonema sifatida talqin etish uchun uni morfemalar qurshovida, morfema sifatida o‘rganish uchun uni so‘z qurshovida, so‘z tarzida baholash uchun gap doirasida, gap sifatida o‘rganish uchun matn tarkibida tahlil etishimiz lozim.

Praga tilshunoslik maktabida funksional tahlil bobida muhim tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Bu sohada, xususan, N.S.Trubetskoy, V.Matezius, A.Martine kabi tilshunoslarning xizmatlari katta bo’ldi. Tilning fonologik tizimi bo’yicha N.S.Trubetskoy muhim natijalarga erishgan bo’lsa, grammatik muammolar bobida V.Matizius, A.Martinelarning lingvistik nazariyalari ustuvor ahamiyat kasb etadi. Ulardan ayni paytda biz V.Mateziusning lingvistik nazariyasi markazini tashkil etuvchi gapning aktual bo’laklari muammosiga to’xtalmoqchimiz.

V.Mateziusning gapning aktual bo’laklari nazariyasini o’zining “О так называемом актуальном членами предложения” (1947) hamda " Основная функция порядка слов языке" [2](1947) asarlarida ilmiy asoslaydi. Gapning aktual bo’laklari nazariyasi jumlasining muayyan nutq muhitiga munosabati muammosiga asoslanib unda asosiy urg’u jumlaning asosini tashkil etuvchi hamda xabarning yadrosini belgilovchi unsurlarga qaratiladi.

Gapning aktual bo`laklarga bo`linishi masalasi hozirga qadar ko`plab munozarali fikrlarni yuzaga keltirmoqda. Bu nazariyaning asoschisi A.Veyl hisoblanib, uning g`oyalarini V.Matezius tomonidan rivojlantirilgan. Hatto, gapning aktual bo`laklarga bo`linishi terminini tilshunoslikga kiritgan hamV.Mateziusdir [3]. Uning nazariyasiga muvofiq asosan ikki termin — jumlaning “asosi” va jumlaning “yadrosi” orqali ish ko`riladi. V.Matezius o`zining dastlabki tadqiqotlarida jumlaning “asosi” o`rniga “tema” terminidan ham foydalangan. Lekin hozirgi tilshunoslikda “asos” o`rnida “tema”, “yadro” o`rnida esa “rema” terminlari keng qo`llanilmoqda. Bunda tema xabarning so`zlovchiga ham, tinglovchiga ham avvaldan, hech bo`lmaganda, nutq jarayonida ma‟lum bo`lgan qismini, rema esa xabarning markazini tashkil etishi nazarda tutiladi. [4]

Aktual bo`laklarning turli aspektlarini ko`rsatishda, ya’ni jumlaning tema va remaga bo`linishi va qarama-qarshi qo`yilishi, ingliz tilida urg’u, intonatsiya, so’z tartibi, sintaktik qurilma va leksik vositalar, mantiqiy urg’u, sintaktik strukturaning o`zgarishi, majhul nisbat kabi sintaktik va leksik vositalar ishlatiladi. Ammo bu vositalar o`ziga xos bo`lib, turli nutq vaziyatlarida turlicha talqin qilinishi mumkin.

Intonatsiya hususida gap borganda, tushunish mumkinki, gap fonetik nutq hususida boryapti, ya`ni aniq talaffuz qilinadigan inson tilining asosini tashkil etadigan ifodalardir. Tilning fonetik tabiatiga e`tibor qaratilgandagina, aksent sistemali intonatsiya chegaralangan bo`lib emas, balki til materialining hamma variant va turlarida universal tema va remani ifodalash vositasiga aylanadi. V.Gurivech va boshqa olimlar remani aniqlashda mantiqiy urg`uni ishlatishni taklif qilishgan. Rema o`zida mantiqiy urg`u oladi va yangi xabarni yetkazadi (jumla talaffuzidan asosiy maqsad ham shu), tema esa eski ya`ni avvaldan ma`lum xabarni o`z ichiga oladi.

Demak, Anvar sent the letter — (Anvar xat yubordi), agar savol “u nima yubordi?” tarzida beriladigan bo`lsa, vositasiz to`ldiruvchi vazifasida kelgan “the letter” rema, gapning qolgan qismi esa temadir.

Mantiqiy urg`u orqali biz gapning boshqa bo`laklarini ham remaga aylantirishimiz mumkin. Ya’ni:

Anvar sent the letter to me — (Anvar xatni menga yubordi), “kimga” so`rog`iga javob sifatida predlogli to`ldiruvchi “to me” rema bo`lsa, Anvar sent me the letter -

(Anvar menga xat yubordi), “kim” ega “Anvar” remadir.

Darak gaplarda remani aniqlash savol berish orqali osonlashsa, maxsus so`roq gaplarda so`roq olmoshi (who, what, where, when), umumiy so`roq gaplarda esa kesim rema hisoblanadi. Yoki buni quyidagi misolda ham ko`rish mumkin:

Frank wanted rest and quiet — (Frenk tinchlik va damni xohlardi)

(Margaret Mitchell. Gone with the wind) [5]

Misolda keltirilgan “kim” tinchlik va damni xohlashi mantitqiy ur`gu berilayotgan bo`lsa Frank (Frenk) so`zi gapning yadrosi rest and quiet (tinchlik va dam) so`zlari esa gapning asosi sanaladi. Frenkning (Frank) “nimani” xohlashi nazarda tutilayotgan bo`lsa, u holda rest and quiet (dam va tinchlik) so`zlari jumlaning yadrosi, Frank (Frenk) so‟zi esa asosi vazifasini bajaradi. Agar Frenkning “nima qilganligi” gapning markazida bo`lsa, unda wanted — (xohlardi) so`zi yadro, Frank — (Frenk) so`zi esa asos vazifasida keladi.

Shuni alohida ta`kidlab o`tish alohida joizki, gapning aktual bo`laklari faqat o`zlari qatnashayotgan jumladagina funksional faollik ko`rsatadi. Shuning uchun ma`lum bir jumlada rema vositasida kelayotgan so`z ikkinchi jumlada temaga aylanib qolishi ham mumkin.

Lord Canterville, the owner, wanted to sell it. Canterville Chase was a large and very old house near London.

(Oscar Wilde .The Canterville Ghost)

(Lord Kantervill uyni egasi uni sotmoqchi edi. Kantervill Cheys, London yaqinidagi katta va juda eski uy edi.)

Birinchi gapda, albatta, Kantervill Cheys (uy) so`zi rema vazifasida kelmoqda. Biroq ikkinchi gapda mazkur so`zlar tema mavqeidadir, chunki bu gapda xabarning yadrosi, misolda large and very old (katta va juda eski) so`zlari bilan belgilanadi.

Bunday bo`lishi tabiiydir, zotan, biz muloqot jarayonida har doim aniqlikdan

noaniqlikka qarab boramiz va bunda xabarning markazidagi so`z mantiqiy urg`u

bilan belgilanib boraveradi.M. Bloxning ta`kidlashicha, gapning aktual bo`laklari

o`rtasidagi farq so`z tartibi bilan ham aniqlanadi.

Gapning aktual bo`laklari gapning yagona xabar sifatida qabul qilinishiga imkon yaratadi. Aktual bo`lak aytilayotgan fikrni aniq hodisani gap bilan bog`laydi. Aynan aniq bir hodisa gapdagi so`zlar va intonatsiya o`zgarganda gapning sintaktik strukturasini har xil o`zgarishlardagi munosabatini aniqlab beradi. Lingvistika tarixida gap bo`laklari xarakatlanishi aniqlangan. Bunga klassik misol sifatida B.Paul:" Karl berlinga ertaga keladi“. Bu yerda fikrni qay maqsadda aytilishidan qa`tiy nazar psixologik kesim bo`lib hamma to`rt so`z ham bo`lishi mumkin. Ushbu masalada D. Xerris 1751 yilda “Germes yoki universam mrammatika va tilga oid falsafiy izlanishlar” kitobida diqqat qaratgan . [6]

Gapning faol bo‘laklarga bo‘linishi so‘z tartibi masalasi bilan ham uzviy bog‘liq. So‘z tartibi o‘zgarishi bilan gap unsurlarining kommunikativ vazifalari va funksiyalari ham o‘zgaradi. Gapning shakily tuzilishi ko‘p jihatdan uning unsurlarini tanlash va joylashtirish, xususan, fe’l-kesimni tanlash masalasiga ham bog‘liqdir. Bu jarayonga, so‘zsiz, gapning faol bo‘laklarga bo‘linishi sezilarli darajada ta’sir etadi.

Gapning faol bo‘laklarga bo‘linishi va uning tahlili odatdagi sintaktik tahlil uslubidan farq qiladi. Gapning formal-grammatik bo‘laklari gapda so‘z tartibi o‘zgarmasa, o‘zgarmaydi. Faol bo‘laklar esa so‘zlovchi va tinglovchining ta’sirida o‘zgaraveradi.Formal-grammatik bo‘laklar asosida sintaktik munosabatlar yotsa, faol bo‘laklar zamirida semantik munosabatlar yotadi.

Yuqoridagilardan tashqari, gap unsurlarining u yoki bu tomonlari tavsifi bilan shug‘ullanar ekanmiz, til tashqi muhiti shart-sharoitlari bilan ham hisoblashishimiz kerak. Chunki til tashqi muhiti til elementlarining faollashuvi uchun, ko‘p hollarda, asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Tema va remani gapda aniqlashda dastavval gapning turlarini e’tiborga olish kerak bo‘ladi. Shunga qarab, tema hamda remaning gapda joylashuv o‘rrni ham turlicha bo‘lishi mumkin. Sintagmalarning bo‘linishi gaplarning bo‘linishidan farq qiladi. Gaplarda matn mazmuniga (kontekstga) tayanib, fraza urg‘usi orqali remani belgilash mumkin bo‘lsa, sintagmada esa matn (kontekst) muhim rol o‘ynamaydi. Ba’zan gapning qaysi bo‘lagiga fraza urg‘usi tushayotgani aniq bo‘lsagina, sintagmatik urg‘u fraza urg‘usi bilan mos kelishi kuzatiladi.

Birgina frazaning o‘zi talaffuzda turli xil o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. Bu o‘zgarishlar orqali his-hayajon va tuyg‘ular ifodalanadi. Buda esa ohang, ovoz toni o‘zgarishi; nutq tezroq aytilishi, ma’lum bir so‘z talaffuzida jestlar qo‘llanishi mumkin. Fraza urg‘usi sintagmaga tushadi. U esa, o‘z navbatida, frazaning asosiy mazmunini namoyon etadi. Frazaning asosiy tamoyilini intonatsion tugallik, fraza urg‘usi va ma’no butunligi tashkil etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  1. Звегинцев В.А. Язык и лингвистическая теория. -М.,1973,-С. 231.
  2. Виноградов В.В. Исследования по русской грамматике. Изб.труды. -М.-С.27
  3. Bozorov O.O`zbek tilida gapning kommunikativ (actual) tuzulishi; Filol. Fanlari nomzodi dis...avtoref.-Farg`ona.2004.-B.23.
  4. Abuzalova M.O`zbek tilida soda gapning eng kichik qurulish qoliplari va uning nutqda voqealanishi; Filol. Fanlari nomzodidis...- Buxoro.1994.-B.48.
  5. Bozorov O. O`zbek tilida gapning kommunikativ (actual) tuzulishi. Filol.fanlar nomzodi...dis.avtoref. — Farg`ona.2004.-B. 23
  6. К.Г.Крушелнитская. Общая лингвистика и вопросы французского языка. -М., 1955.-С. 44-46
  7. К. Г. Крушельницкая. К вопросу о смысловом членении предложения // Вопросы языкознания, 1956, № 5.
  8. Turniyozov N.Q. Turniyozova K.A. Funksional sintaksisga kirish.-Toshkent: “Fan”, 2003, 23-bet.

ESLATMALAR

[1] Звегинцев В.А. Язык и лингвистическая теория.-М.,1973,-С. 231.

[2] Виноградов В.В. Исследования по русской грамматике. Изб.труды. -М.-С.277.

[3] Turniyozov N.Q, Turniyozova K.A. Funksional sintaksisga kirish.-Toshkent: “Fan”, 2003,113 bet.

[4] Abuzalova M.O`zbek tilida soda gapning eng kichik qurulish qoliplari va uning nutqda voqealanishi; Filol. Fanlari nomzodi.dis...- Buxoro.1994.-B.48.

[5] К.Г.Крушелнитская. Общая лингвистика и вопросы французского языка. -М., 1955.-С. 44-46

[6] Turniyozov N.Q. Turniyozova K.A. Funksional sintaksisga kirish.-Toshkent: “Fan”, 2003, 23-bet.