Срочная публикация научной статьи
+7 995 770 98 40
+7 995 202 54 42
info@journalpro.ru
Даниева Мақсуда Сафаровна
Музаработ тумани 21-сон умумий ўрта таълим мактаби ўқитувчиси,
Панжиева Замира
Музработ тумани 33 –сон умумий шрта таълим мактаби ўқитувчиси,
Ҳазратқулова Наргиза Ўразалиевна
Жарқурғон тумани 4-сон умумий ўрта таълим мактаби ўқитувчиси,
Бойназарова Мухайёхон Бахтиёровна
Жарқурғон тумани 17-сон умумий ўрта таълим мактаби ўқитувчиси
Biologiya o’qitish metodikasi biologiya o’quv fanlarining mazmuni, uning o’qitish shakllari, metodlari, vositalarini o’zaro bog’liq holda joriy etishni maqsad qilib qo’yadi. Biologiya o’qitish metodikasining asosiy vazifasi o’quvchilarga biologik o’quv fanlar bo’yicha chuqur atroflicha bilim berish, ularning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida kamol topishga ko’mak beruvchi o’quv fanlar mazmunini, o’qitish shakllari, vositalari va metodlarini ishlab chiqishdan iborat.
Biologiya o’qitish metodikasi fan sifatida. Har qanday fan insonning tadqiqot faoliyati bilan aloqador bo’lib, u narsa va xodisalar to’g’risida bilimlar to’plashga yo’nalgan, hamda tadqiqot qilinayotgan narsa xodisalar to’g’risida to’liq va chuqur bilim olishga qaratilgan. Fanning asosiy funksiyasi tadqiqot hisoblanadi.
Biologiya o’qitish metodikasi fan sifatida mazkur fan bilan bog’liq o’quvchilarning bilim olish, tarbiyalanish va rivojlanishini nazariy va amaliy jihatidan tadqiq qilishni maksad qilib qo’yadi. Fanning asosiy belgisi bo’lib, maqsadning aniqligi, o’rganish predmeti, bilimlarni bilish usullari va shakllari hisoblanadi. Shu bilan birga fanning rivojlanish tarixi, uning boyishiga sababchi bo’lgan kashfiyotlarni bilish ham muhim sanaladi.
Biologiya o’qitish metodikasi pedagogik fanlar tarkibiga kiradi. Shu sababli uning oldida turgan maqsad va vazifalar ham umumpedagogik maqsad va vazifalardan kelib chiqadi.
Biologiya o’qitish metodikasi barcha o’quv fanlarga taaluqli bo’lgan pedagogik qoidalarni, biologik o’quv materialini tadbiq yetishga yo’nalgan. Shu bilan bir qatorda biologiya o’qitish metodikasi tabiiy, ilmiy, biologik, psixologik, pedagogik bilimlarni o’zida mujassamlashtiradi. Biologiya o’qitish metodikasi biologiya o’quv fanining o’qitish maqsadini, mazmunini, biologik bilimlarning tanlash prinsipini belgilab beradi. Biologiya o’qitishning hozirgi davrda samarali bo’lishi o’quvchilarga o’quv, mehnat va jamoat faoliyatlarida qatnashishi uchun zarur bo’lgan biologik bilimlar, ko’nikmalar, malakalarni egallaganliklari bilan belgilanadi. Ular yesa o’z navbatida o’quvchilarning tarbiyalanganlik natijasida, dunyoqarashi, e’tiqodi, tabiat, jamiyat va shaxsga bo’lgan munosabatida namoyon bo’ladi. O’quvchilarning rivojlanish darajasi, qobiliyati, jismoniy va aqliy jihatdan takomillashtirishga bo’lgan yextiyoji bilan ifodalanadi.
Fan sifatida biologiya o’qitish metodikasining vazifalari quyidagilardan iborat:
1.O’quvchilarning o’qitish va tarbiyalash, kamolga yetkazishda o’quv fanining o’rnini aniqlash;
2.Maktab o’quv dasturlari va darsliklarni takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish va uni maktab amaliyotiga tadbiq yetish;
3.O’quvchilarning yoshiga mos ravishda o’quv fanlarining mazmuni, undagi mavzularning o’rganish izchilligini belgilash;
4.Biologik o’quv fanlarining o’ziga xos tomonlarini e’tiborga olgan holda, o’qitish usullarini, tashkiliy shakllarini ishlab chiqish;
5.O’qitish jarayonida qo’llash uchun zarur jihozlarni aniqlash.
6. Biologiya xonasi tirik burchak, tajriba yer maydoning tashkil yetish, tabiiy, tasviriy, audio, video vositalarni belgilash.
7. Biologiya o’qitish metodikasining ob’yekti bo’lib, mazkur o’quv fani bilan aloqador bo’lgan o’quv tarbiyaviy jarayon hisoblanadi,
8.Biologiya o’qitish metodikasining predmeti bo’lib biologik bilimlarning maqsadi, mazmuni, o’qitish usullari, shakllari, o’quvchilarning tarbiyasi va rivojlanishidir.
Biologiya o’qitish metodikasining ilmiy tadqiqot metodlari:
1.Maktab o’qituvchilarining ish tajribasini kuzatish va faoliyatdagi ijobiy, salbiy tomonlarini aniqlash;
2.Bu sohada to’plangan ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish va hal yetilmagan muammolarni aniqlashtirish va ularni hal yetish uchun zarur ishchi farazlarni ilgari surish;
3.Ilgari surilgan farazlarning qanchalik haqiqatga yaqin yekanliklarini aniqlash maqsadida maktablarda pedagogik tajribalar o’tkazish hamda, nazorat sinflardan olingan ma’lumotlarni o’zaro taqqoslash;
4.Kuzatish va pedagogik yeksperimentlardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish va xulosalash;
6.Olingan ma’lumotlarga asoslanib, metodik maqolalar, qo’llanmalar yaratish va ishlab chiqilgan fikr mulohazalarning ommaviy maktablarda tekshirishdan o’tkazish va tasdig’ini olish.
Hozirgi davrga kelib, biologiya o’qitish metodikasida o’tkazilgan pedagogik tajribalar natijasida “Biologik tushunchalarni rivojlantirishi”, “Biologiyada o’qitish shakllarining sistemasi”, “Biologiyada o’qitish metodlari”, “Biologiyada yekologik tushunchalarni rivojlantirish”, “Biologiya o’qitishning moddiy bazaviy sistemasi”, “Pedagogika Oliy o’quv yurtlari talaba biologlarning maktabdagi ishga metodik tayyorlash sistemasi” kabi nazariyalar ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq yetilgan.
Maktablarda o’qitiladigan biologiya o’quv fanlarga qarab “Biologiya o’qitish metodikasi” fani “Biologiya o’qitishning umumiy metodikasi”, “Botanika o’qitish metodikasi”, “Zoologiya o’kitish metodikasi”, “Odam va uning salomatligini o’qitish metodikasi” va nihoyat “Umumiy biologiyaning o’qitish metodikasi” kabi xususiy o’qitish metodika fanlariga ajratiladi.
Biologiya o’qitishning umumiy metodikasi barcha biologik o’quv fanlariga oid o’qitishning maqsadi, vazifasi, mazmuni, prinsiplari, usullari, vositalari, shakllari, biologiyani o’qitish tarixi, bosqichlari kabi masalalarni qamrab oladi. Xususiy metodikalar yesa u yoki bu o’quv fanining mazmuni o’quvchilarning yoshi bilan bog’liq dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg’ulotlar, yekskursiyalar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil yetish, jihozlash kabilarni diqqat markazida tutadi.
Biologiya o’qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi, biologiya o’qitish metodikasi pedagogikaning bir qismi bo’lgan didaktika bilan juda yaqin aloqadadir. Agar didaktika o’quvchilar tomonidan bilimlar, ko’nikmalar va malakalarni o’zlashtirish qonunlarni o’rgansa va u maktabdagi barcha o’quv fanlari uchun o’qitish nazariyalarni va prinsiplarni ishlab chiqsa, biologiya o’qitish metodikasi biologiya bilan bog’liq o’qitish va tarbiyalash mazmuni, shakllari va metodlari hamda vositalari bilan bog’liq nazariy va amaliy masalalarni ishlab chiqadi.
Biologiya o’qitish metodikasi psixologiya bilan uzviy aloqadadir, Chunki, biologiyani o’qitish o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo’lgan taqdirdagina samara beradi. Masalan o’smirlarda ya’ni
Biologiya o’qitish metodikasi biologiya fani bilan uzviy aloqador. U biologik fanlarning deyarli barcha sohalari: botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, sitologiya, biokimyo, yembriologiya, sistematika, yekologiya, yevolyusion taьlimot, antropologiya molekulyar biologiya fan asoslarini o’zida ifoda qiladi.
Biologiya fanining asosiy maqsadi tirik va o’lik tabiat to’g’risida tadqiqot o’tkazishi orqali yangi bilimlarni hosil qilish bo’lsa, maktab biologiya o’quv fanining maqsadi, o’quvchilarning yoshiga mos ravishda ularga biologik bilimlar, ya’ni biologik tushuncha, qonunlar, nazariyalar berishdan bilimlar va uni tushuntirishdan iborat. Maktab biologiya kursida fan yemas, balki fan asoslari o’quvchilar uchun zarur asosiy ma’lumotlar mujassamlashgan. Shu bilan birga maktab biologiya kursi kichik fan yemas, balki o’quvchilarning rivojlanishi va tarbiyasiga ko’maq beruvchi biologiyaning asosiy tushunchalar sistemasi sanaladi.
Biologiya o’qitish metodikasi o’quv fani sifatida Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasbxunar ta’lim biologiya o’qituvchisini tayyorlashda biologiya o’qitish metodikasi o’quv fani nihoyatda muhim o’rin tutadi. Bu o’quv fanini o’qitish jarayonida talabalarning biologiyani o’qitish uchun zarur kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar shakllanadi.
O’quv fani o’zining asosiy bilim va ma’lumot berish funksiyasidan kelib chiqqan holda ma’lum tartib asosida tuzilgan. Oliy maktab biologiya o’qitish metodikasi darsligi o’z tuzilishi va mazmuniga ko’ra fanga yaqinroq. U o’z tarkibiga ilmiy ma’lumotlardan tashqari fandagi ayrim munozarali masalalarni yechishga qaratilgan turlicha qarashlarni, xaqiqatni topishda muvafaqkiyatli yo muvafaqqiyasiz izlanishlarni ham o’zida ifoda qiladi.
Biologiya fanining yutuqlari ishonchli tarzda insoniyat yangi asrga biologiya asriga kirib borganligi hakida dalolat bermokda. Biologiya fanining yutuqlari ko’p jihatidan tabiiy fanlar fizika, ximiya, matematika, astronomiya sohasida yerishilgan yutuklardan foydalanish natijasida yuz bermoqda.
Olimlarning diqqat e’tibori hayot hodisalarining mohiyatini aniqlashga, moddalar almashinuvi, irsiyat va o’zgaruvchanlikni boshqarishning turli usullarini ishlab chiqarishga qaratilgan. Hujayra va uning organoidlarida boradigan ko’p jarayonlarining fizik kimyoviy va biologik moxiyatini ochib bergan fan yutuqlari hayotiy jarayonlari borishiga aktiv aralashishi imkoniyatlarini bermoqda. Biologiya fanining yutuklari medisina oldiga rak, virus, yurak, qontomir va boshqa kasalliklarni davolash kabi vazifalarini ko’ymokda va bu xastaliklar astasekinlik bilan o’z davosini topmokda. Xozirgi vaqtda tirik organizmlarni tuzilishi va unda boradigan jarayonlarga asoslangan texnika fani kibernetika asosida tabiiyot fanlarida yangi yo’nalish bionika vujudga keldi, bu biologiyani fizika va texnika bilan bog’laydigan fandir.
Biologik ta’lim insonning qalbi va aqliga ijobiy ta’sir qilish uchun hamma imkoniyatlarga egadir. Tabiatni idrok qilish u bilan yaqinroq tanishayotgan kishiga juda katta huzur baxsh etadi. Tabiat vositalari bilan yestetik tarbiya berish yosh avlodning umumiy yestetik tarbiyasiga ko’maklashadi.
V. Yangi mavzuni mustaxkamlash: (30 min)
1. Biologiya o’qitish metodikasining asosiy maqsadi va vazifalari iimalardan iborat
2. O’quvchilarni tarbiyalashda biologik ta’limning qanday ahamiyati bor?
3. Biologiya o’qitish metodikasi bilan psixologiya fani o’rtasida qanday bog’lanish bor?
4. Nima uchun har bir kishiga biologik bilimlar kerak?
5. Nima uchun tadqiqot bilogiya o’qitish metodikasi fanida eng muxim metod xisoblanadi
VI. Darsni yakunlash. ( 3 min )
Izoxli lug’at.
1.Fan — dunyo xaqidagi ob’yektiv bilimlar sitemasi. va o’quv fani tushunchalari.
2. Pedagogika — ta’lim va tarbiyaning nazariy va amaliy masalalarini o’rganuvchi fan.
3. Metodika — biror ishni maqsadga muvofiq o’tkazish metodlari, yo’llari majmuasi.
4. O’quv fani — didaktik jixatdan asoslangan bilim, malaka va ko’nikmalar sistemasi.
5. Abstrakt tafakkur — narsa va xodisalarning bevosita idrok qilish mumkin bo’lmagan xususiyatlari, o’zaro munosabatlari, qonuniyatlari xaqidagi mavhum tushunchalar asosida fikrlash turi
6. Innovatsion ya’ni innovatsiya — yangilanishni, o’zgarishni amalga joriy yetish.
7. Bionika — kibernetikaning tirik organizmlar va xayot faoliyatini o’rganish asosida aniqlangan qonuniyatlar xamda xususiyatlarni texnikaga tadbiq yetish bilan shug’ullanuvchi bo’limi.
Foydalinilgan adabiyotlar.
Qo’shimcha adabiyotlar.