Евразийский
научный
журнал

Технологии развития креативного мышления у педагогов

Поделитесь статьей с друзьями:
Автор(ы): Жаббаров Ботиршер Гулямович, Зокирова Нилуфар Дилшод кизи
Рубрика: Педагогические науки
Журнал: «Евразийский Научный Журнал №2 2018»  (февраль, 2018)
Количество просмотров статьи: 2204
Показать PDF версию Технологии развития креативного мышления у педагогов

Жаббаров Ботиршер Гулямович
доцент НамГУ
Наманган, Узбекистан

Зокирова Нилуфар Дилшод кизи
студентка НамГУ,
Наманган, Узбекистан


Jabbarov Botirsher G`ulomovich
NamDU dotsenti Namangan, O`zbekiston

Zokirova Nilufar Dilshod qizi
Namangan davlat universiteti talabasi
Namangan, O`zbekiston

PEDAGOGLARDA KREATIV TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI

Kreativ tafakkur jamiyatlar taraqqiyotining industrial va postindustrial, ilmiy-texnik inqiloblar va keskin o`sish, olg`a ketish davrida shakllangan hamda zamonaviy jamiyatlardagi texnik taraqqiyotning yangi bosqichlarini insoniy zahiralar bilan boyitish uchun xizmat qiladigan noan`naviy fikrlash qobiliyati va taraqqiyot omillarini ta`minlashga yo`naltirilgan tafakkur hisoblanadi.

Kreativ tafakkur zamonaviy boshqaruvchilar, menejerlar tafakkuri bo`lib, biznes taraqqiyotida uning eng quyi bosqichlardan tortib eng yuqori darajalargacha kreativ tafakkur talab qilinadi va u biznes taraqqiyotda ishtirok etib, taraqqiyot takomili, o`sishi, rivojlanishi, kengayishi va mo``tadil saqlanishining instrumenti, uning ongli quroli hisoblanadi.

Ijod bilan shug`ullanuvchi kishi ko`p qiyinchiliklarni engishga majbur. Bu turli xildagi to`siq, antistimulyatorlar bo`lib, ijodiy jarayonga ozmi-ko`pmi salbiy ta’sir qiladi.

Tashqi to`siqlarga quyidagilarni kiritish mumkin: noqulay sharoit (masalan, bino), tashqi xalaqit beruvchi narsalar (shovqin, issiq, sovuq va b.), jamoadagi yomon psixologik muhit, faoliyatga past baho berish va boshqa bir qator narsalar.

Ichki to`siqlarga quyidagilar kiradi: parishonlik, dangasalik, ishga qiziqish yo`qligi, kasallik, ayni vaqtdagi noxush ruhiy holat, yomon odatlar, tartibsiz ishlash, vaqtdan unumli foydalanmaslik, xarakter va umuman psixikaning qator salbiy sifatlari.

Inson ijodiy faoliyatga kirishish uchun unga albatta stimul kerak bo`ladi. Stimul (lotinchadan stimulus — hayvonlarni haydash uchun mo`ljallangan uchli tayoq, xivich) — individ psixik holatlari dinamikasini vujudga keltiruvchi va uning natijasiga sabab bo`luvchi ta’sir. “Stimul” tushunchasi fiziologiya va psixofiziologiyada “qo`zg`ovchi” degan ma’noni bildiradi. Bixeviorizmda stimul va reaksiya o`rtasidagi munosabat mexanik nuqtai nazardan tushuntirilar edi: stimulga ko`proq muhitning o`zgarishi (tashqi ta’sirot) kiritilar, reaksiyaga — organizmning javob harakatlari kiritilardi. Aslida psixologiyada stimul tushunchasi — qo`zg`alish bo`lib, uning samarasi inson psixikasi, dunyoqarashi, hissiyotlari, kayfiyati, qiziqishlari, intilishlari va boshqalarga bog`liqdir. Stimul motiv bilan bir narsa emas, biroq u ba’zi hollarda motivga aylanadi.

Ijodiy qobiliyatlar o`z-o`zidan ijodiy yutuqqa aylanib qolmaydi. Ijodiy natijaga erishish uchun xohish va iroda zarur. Inson psixikasi ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot bilan bog`liq. Bu ijtimoiy ehtiyojlardan paydo bo`luvchi ijodiy faoliyat — insonning yuksak ruhiyatiga bog`liq. Ijtimoiy ta’sirlar tug`ma intilishlar va qobiliyatlarni ijodiy faoliyat tizimiga aylantiradi.

Pedagoglarda kreativ kompetentlikni rivojlantirishda kuyidagi ta`lim texnologiyalaridan foydalaniladi:

· Muammoli ta`lim texnologiyalari: bu mantiqiy fikrlash jarayoni (analiz, sintez, umumlashti-rish...) va o`quvchilarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini (muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, ehtiyoj va shu kabi) hisobga olib tuzilgan ta`lim va o`qitishning ilgari ma`lum bo`lgan usullarini qo`llanish qoidalarining yangi tizimidir.

· Rivojlantiruvchi ta`lim texnologiyalari: o`qituvchilarning aqliy taraqqiyotini maksimal darajada ta`minlanishi uchun- Ta`lim mazmunini fan-texnika taraqqiyotining hozirgi darajasiga muvofiqlashtirish. Ta`lim jarayonida o`quvchilarni aqliy jihatdan samarali rivojlantirishning yangi imkoniyatlari va vositalarini qidirib topish vazifasini bajarish zarur. Tafakkurning mustaqilligi.O`quv materialini o`zlashtirishning tezligi va mustahkamligi. Standart bo`lmagan vazifalarni hal qilishda aqliy chamalash (topqirlik)ning tezligi. O`rganib chiqilayotgan hodisalarning mohiyatiga chuqur kirib borish (muhim bo`lgan narsani muhim bo`lmagan narsadan ajrata bilish). Tanqidiy fikrlashning rivojlanganligi.

· Trening texnologiyalari orqali — kreativlikni rivojlantirish mezonlari:

· O`z tafakkuringizni original echimlar topish va ularni targ`ib qilishga chaqiring, yangi g`oyalarni ishlab chiqishga o`zingizni majburlang;

· Boshqa insonlar siz to`g`ringizda noto`g`ri tushunchaga borishidan cho`chimang;

· Keng mushohada etish, an`anaviy bo`lmagan usullardan foydalanish, o`z tafakkur tarzi, milliy mentalitet va stereotiplar qobig`idan chiqib ketishga urining;

· Agar birinchi tajribangiz muvaffaqiyatsiz bo`lsa ham, o`z tajribalaringizdan voz kechmang, noan`anaviy usullarda fikrlashni davom ettiring, masala echimining boshqa variantlarini toping, boshqa yo`llarni qidirishda davom eting;

· Diskussiya va bahs uchun doimo ochiq bo`ling, bahsni o`zingizga qaratilganligiga ishonmang, bahsni to`g`ri tashkil qiling, o`z fikrlaringizni bahs jarayonida nazorat qilib boring;

· Anglab bo`lmaydigan, tushunarsiz narsa va hodisalarning mohiyatini anglashga harakat qiling;

· Ana`naviy usullarda faoliyat olib borishdan voz keching, yangi usullarda ishlashga urinib ko`ring;

· YAngi g`oyalardan qo`rqmang, ularni keng qo`llang;

· G`oyalar tahlilida muhokama ob`ekti bo`lishga harakat qiling, mazkur g`oyalar sizga emas, balki boshqa odamga taalluqli deb biling, bu holat sizning ob`ektiv qaror chiqarishingiz uchun yordam beradi.

Adabiyotlar

  1. Haydarov F.I. O`quv faoliyati motivatsiyasi. — T: Fan, 2005.122 b.