Евразийский
научный
журнал
Заявка на публикацию

Срочная публикация научной статьи

+7 995 770 98 40
+7 995 202 54 42
info@journalpro.ru

SHAXSNING I O’ZINI-O’ZI IJOBIY BAHOLASHINING OMILLARI

Поделитесь статьей с друзьями:
Автор(ы): Sheraliyeva Xolida Xasanovna
Рубрика: Педагогические науки
Журнал: «Евразийский Научный Журнал №1 2020»  (январь, 2020)
Количество просмотров статьи: 8851
Показать PDF версию SHAXSNING I O’ZINI-O’ZI IJOBIY BAHOLASHINING OMILLARI

Sheraliyeva Xolida Xasanovna
Chust tumani 19 umumiy o`rta ta`lim maktabi o`qituvchisi
Namangan, O`zbekiston

Shaxsning o’zini-o’zi baholashi shaxs kamolotining muxim ko’rsatkichidir. Odamning o’ziga-o’zi qanday munosabatda bo’lishi unga atrofdagilarning qanday munosabatda bo’lishiga bog’liqdir. O’zini-o’zi baholash shaxsning hal qiluvchi xususiyati, uning o’zagidir. O’zini-o’zi baholash jamoadagi faoliyati, mavqeini, uning boshqa a’zolariga o’zining munosabatini baholashni o’z ichiga oladi. Shaxsning faolligi, uning jamoa faoliyatida ishtiroki uning o’zini-o’zi tarbiyalashga intilishi, o’zini-o’zi baholash darajasiga bog’liqdir. O’zi haqida keraksiz xech nimaga yaramaydigan sub’ekt deb o’ylaydigan odam taqdirini yaxshilash uchun istar-istamas kuch-g’ayrat sarflaydi. Aksincha, o’zlarini yuqori baholaydigan odamlar ko’pincha juda qattiq ishlashga moyildirlar. Ular yahshi ishlamaslikni o’zlariga munosib emas deb hisoblaydilar.

To’g’ri o’zini-o’zi baholash dastavval individ faoliyati natijalari ta’sirida shakllanadi. Lekin hamma gap shundaki bu natijalarni ta’sirini atrofdagilar baholaydilar. Shuning uchun atrofdagilarning bahosi o’zini-o’zi baholashni belgilab beradi. O’ziga bo’lgan tuyg’u boshqalarning unga bildirgan fikri tufayli shakllanadi va mustahkamlanadi. Agar atrofdagilar ta`lim muassasasi o’quvchisiga xurmat bilan munosabatda bo’lishsa u ham o’zini xaqiqiy xurmatga sazovor deb hisoblay boshlaydi. Agar, aksincha ish qilinsa, o’quvchiga muntazam iltifotsizlik ko’rsatilganda, asosiy etibor uning kamchiliklariga qaratilsa, unda uning o’zi haqida xurmatga sazovor emas degan xulosa chiqarishdan o’zga imqoni qolmaydi. Bunga nisbatan ham turlicha holat ro’y berishi mumkin: Loqaydlik, beadablik, tajovuzkorlik va boshqalar.

O’zini-o’zi baholash shakllanib borgan sayin, ular atrofdagilarning fikridan va xatto faoliyatning aniq natijalaridan tobora mustaqil bo’la boradi. Barqaror o’zini-o’zi baholash shakllanib bo’lishi bilan u o’zini-o’zi mustahkamlash tamoyiliga ega bo’ladi. Bu o’zini-o’zi yuqori baholashga ham o’zini-o’zi past baholashga ham taaluqlidir. Masalan, ota-ona yoki ulardan birining kamsituvchi munosabati boshqalar ishtirokidagi faoliyat oldida, jumladan imtixon oldidan qattiy qo’rquvni shakllantirishi mumkin. O’quvchi imtixonni muvaffaqiyatli topshirganida ham, uning o’ziga-o’zi past baho berishini o’zgartirmaydi. Uning boshida quyidagi fikr shakllanadi: "Bu muvaffaqiyatlarning hammasi ta’sodifiy u qobiliyatsiz o’quvchi ekanligini o’qituvchilar qanchalik kech aniqlasalar, uyat ham shunchalik daxshatli bo’ladi. Bu norisolik tuyg’usi odamni bir umr takib qilishi mumkin.

Odamning o’zini-o’zi baholash darajasi u hammaning o’rtasida bildiradigan fikr bilan ham belgilanmaydi, balki u muntazam ravishda o’ziga nisbatan qanday harakat qilishi bilan belgilanadi. Agar odam unga e’tiborsizlik qilishlariga o’ta hissiyotli bo’lsa, agar u zaifliklari namoyon bo’lishi mumkin bo’lgan vaziyatlardan zo’r berib qochishga o’rinsa, uning ish qobiliyatini yomonlashtiradigan darajagacha orzuga berilsa, uning o’ziga ishonmasligi xususida xulosa chiqarish uchun barcha asoslar bor va aksincha, xatto odam kamtar bo’lib tuyulsada,o’ziga ancha yuqori baho berishi to’g’risida xukm chiqarish imqonini beradigan me’zonlar ham mavjud: u atrofdagilarni xaqoratlamay, o’z nuqtai-nazariga amal qiladi; agar boshqalar u bilan rozi bo’lmasalar unchalik xafsalasi pir bo’lmaydi,u muvaffaqiyatsizlikka uchraganda o’zini-o’zi oqlamaydi va umidsizlikka tushmaydi, u boshqa odamlarga xurmat bilan munosabatda bo’ladi va boshqalardan o’ziga nisbatan salbiy fikrni kutib o’tirmasdan va mutlaqo sazovor bo’lgan maqtovlarni rad etmay qo’lidan kelgancha boshqalarga yordam berishga intiladi. Bunday odam o’z harakatlarining tushunishiga loyiq va xurmatga sazovor ekanligini nazarda tutadi.

O’zini-o’zi baholash bu boshqa odamlarni baholashiga qaraganda ancha murakkab xodisadir. O’zini-o’zi baholash baholashga nisbatan ancha kechroq shakllanadi. Barcha yosh guruhlarida odamlar o’zlariga nisbatan boshqalarni xolisroq baholaydilar. O’ziga boshqalar nuqtai nazaridan fikr bildirish qobiliyati muloqotda va jamoa faoliyatida rivojlanadi.

O’zini-o’zi baholash oshirilgan, pasaytirilgan va mos yoki xolisona bo’lishi mumkin. Bu ta’riflar shaxsning real imqoniyatlariga nisbatan oshirilgan.

Odamlar o’zlari haqida ko’pincha noto’g’ri tasavvurda bo’ladilar, bu tasavvurni qurishdan halos bo’lish uchun ular o’z tajribalarini va mavjud voqelikni buzib ko’rsatadilar. Bu xuddi o’sha ziddiyat bo’lib, u kayfiyatni ham, xulq-atvorni ham, odam rivojlanishining o’zini ham belgilab beradi. Bunda sub’ekt ham har doim o’ziga-o’zi yuqori baho beravermaydi. O’zlarining xech nimaga yaramasliklarini tan olgan va shu asosda muvaffaqiyatli bo’lishi bilan bog’liq o’z tajribalarini inkor etuvchi odamlar bor. Ko’pincha shaxs uchun kutilmagan muvaffaqiyat “noqulaylik” tuyg’usini uyg’otadi va muvaffaqiyatini qadrsizlashga intilishga majbur etadi. Demak, o’zini-o’zi baholashni shaxs kamolotining aniq ko’rsatkichlari bilan qiyoslash mumkin. Lekin ta`lim muassasasini tajribasida o’zini-o’zi baholashni ko’pincha e’tirozsiz ravishda jamoa tomonidan berilgan baho bilan belgilaydi. Bunda o’zini-o’zi baholash o’quvchini atrofdagi baholarga nisbatan oshirilgan bo’ladi. Atrofdagilarning bahosi har doim ham o’quvchilarning real imqoniyatlariga mos keladimi?

Biz o’quvchining o’zini-o’zi baholash guruh fikri bilan farq qilgani uchun o’quvchini qoralashga duch kelamiz. Lekin uning guruh tomonidan baholanishi bilan o’quvchining real fazilatlarining mos kelishi darajasini pedagog har doim ham taxlil etilmaydi. Bolaning o’zini-o’zi baholashini shakllantirish juda nozik jarayon bo’lib, uni jamoa fikrini esa shaxsning uning fazilatlariga muvofik ravishda xayrixoxlik bilan baholashga qaratilgan bo’lishi lozim.