Евразийский
научный
журнал

RUS SHE’RLARINING O’ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI TARJIMA MUAMMOLARI

Поделитесь статьей с друзьями:
Автор(ы): УРОЛОВА МОХЛАРОЙИМ ЖУМАНАЗАРОВНА
Рубрика: Педагогические науки
Журнал: «Евразийский Научный Журнал №11 2019»  (ноябрь, 2019)
Количество просмотров статьи: 360
Показать PDF версию RUS SHE’RLARINING O’ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI TARJIMA MUAMMOLARI

УРОЛОВА МОХЛАРОЙИМ ЖУМАНАЗАРОВНА
Учительница Школы № 46, УЗБЕКИСТАН

UROLOVA MOHLAROYIM JUMANAZAROVNA
№ 46-maktab o’qituvchisi, O’ZBEKISTON

(Aleksander Sergeyevich Pushkinning “Я вас любил” she’ri misolida)

Adabiyot — paydo bo’lgandan beri insonlarni o’ziga jalb etib, ulkan qiziqishlariga sabab bo’lib kelyotgan o’zgacha bir dunyodir. Ana shu dunyoning o’ziga xos, inson ko’nglidagi sevgi, muhabbat, dard-u hasrat, quvonch va shodlikni ifodalash orqali dunyoga keladigan ajralmas bo’lagi bu — poeziyadir.

Qalbdagi betakror hissiyotlarni tarannum etuvchi san’at asari qaysi asrda va qaysi tildа yozilishidan qat’iy nazar o’z muhlisini topishi shubhasizdir. Bunda albatta she’riy tarjima ustalarining o’rni beqiyosdir. Biror asarni bir tildan boshqa tilga ma’nosini, jilosini saqlagan holda tarjima qilish tarjimondan yuksak bilim, izlanish va asosiysi shoirona qalb talab qiladi. Mutarjim o’z ishiga mas’uliyatli bo’lishi eng asosiy zaruriyatlardan biridir. O’zbek tarjimashunoslik maktabining buyuk darg’alari ana shu hislatlarga ega bo’lishgan. Masalan, Oybek Pushkinning “Yevgeniy Onegin” asarini 12 yil mobaynida tarjima qilgan. Hatto, Pushkin ham bu asarni yozish uchun (1823-1831) kamroq vaqt sarflagan. Yoki yana bir tarjima sohasining ulkan iqtidorlaridan biri Usmon Nosir ham Lermontovning “Demon” asarini yonib tarjima qilgan va uni yoddan bilgan.

Inglizshunos tarjimon Maqsud Shayxzoda buyuk ingliz yozuvchisi Shekspirning “Hamlet” asarini maromida tarjima qilgan, ammo adabiy tanqidchilar Shayxzodaning ingliz tilini bir qadar bilgandir deb taxmin qilishadi. Aslida esa uning ingliz tilini bilganligi to’g’risida biror dalil yo’q. Gap shundaki, Navoiy bobomiz aytganlaridek, til tilni emas dil dilni “tarjumon” qilsa, buyuk asarlar dunyoga keladi.

Qardosh va noqardosh tillar o’rtasidagi she’riy tarjimalarni ko’rganimizda bir qancha muammolarga duch kelamiz, ya’ni leksik, grammatik hamda qofiya muammolari shular jumlasidandir. Masalan, Aleksandr Sergeyvich Pushkinning “Я вас любил” she’rini ko’rib chiqishimiz mumkin:

Я вас любил

Я вас люби любовь ещё быт может

В души моей угасла не совсем

Но пусть она вас не тревожить

Я не хачу печалит вас ничем

Я вас любил без мольной безнадежно

То робостью то ревностью томим

Я вас любил так искренно так нежно

Как дай вам бог любимой быт другим

Betakror qalb va beqiyos iste’dod egasi bo’lgan shoirning bu asari mahbubasi tomonidan rad etilgan, o’tmishdagi muhabbati hali ham so’lmaganini va aksincha, u tobora kuchayib boryotganini ifoda etgan ;

Men sizni sevardim

Men sizni sevardim balki hozir ham

Hali bu ko’nglimdan o’chganingiz yo’q

Lekin qo’yavering hech g’amga botmang

Sizni o’ylashingiz xohlamayman yo’q

Men sizni sevardim umidsiz, sassiz

Gohi izhor edi, gohida so’ssiz.

Men sizni yurakdan, chin qalbdan sevdim

Umidim u ham sizni sevsin poyonsiz.

Rus sheriyatining o’zbek poezyasidan asosiy farqi bu gap tuzilishidadir, ya’ni gramatikasida. Rus tilida gaplar asosan ega — kesim — to’ldiruvchi shaklida tuziladi.

Masalan, Я не хoчу печалит вас ничем

Bu yuqoridagi fikrga yaqqol misol bo’la oladi. O’zbek tiliga tarjimasiga e’tibor bering:

Sizni o’ylashingiz xohlamayman yo’q

Bunda gap tarkibi, ega — to’ldiruvchi — kesim, odatiy o’zbekcha she’riy shaklda bo’lgan.

Shu o’rinda печалит — g’amga botmoq deb tarjima qilinadigan bu so’z o’zbekchada o’ylamoq, ya’ni qayg’urmoq ma’nosida tarjima qilindi. Bu she’r shoir tomonidan o’ta sodda tilda, mohirona yozilganligi uchun o’zbek tiliga tarjima qilishda leksik muammoga duch kelinmadi. Endi bu she’rning ingliz tilidagi tarjimasiga e’tibor qaratamiz:

I was so into you

I loved you may be, I love you till now

You do not go out from my heart yet

But do not be worry, do not be sorrow

I never want to see you are sad

I loved you without any chance and wish

Sometimes it was on sometimes secret

You were loved by such a great heart

And I pray him to give you like that

Rus va ingliz tilidagi leksik birliklarni ma’nosi saqlagan holda muqobil sozga almashtirish asosiy muammo sifatida olindi.

бытможет- bo’lishimumkin deb tarjima qilinadigan bu so’zni she’rda pushkin hozir ham sevaman degan ma’noni ifodalash uchun foydalangan. Ammo na o’zbek na rus tillarida bu so’zning muqobil varianti yo’q. Uni ingliz tiliga to’liq gap sifatida tarjima qilindi.

Тревожить- qayg’urmoq degan ma’non iifodalovch bu sozni ingliz tilida fe’l so’z turkumi bilan emas balki, sifatso’z turkumi bilan to be fe’li yordamida ifodalanadi. Sergey Aleksandrovich Pushkinning yana bir she’rini o’zbek va ingliz tillariga tarjimasini tahlil qilsak;

Я помню чудное мгновенье

Я помню чудное мгновенье:

Передо мной явилась ты,

Как мимолетное виденье,

Как гений чистой красоты.

В томленьях грусти безнадежной,

В тревогах шумной суеты,

Звучал мне долго голос нежный

И снились милые черты.

Шли годы. Бурь порыв мятежный

Рассеял прежние мечты,

И я забыл твой голос нежный,

Твои небесные черты.

Bu she’rda adib o’tkinchi muhabbatni e’tirof etgan va soda so’zlardan foydalanib betakror san’at asarini yaratgan:

Esimda bir ajib, unitilmas on

Esimda bir ajib unitilmas on

Qarshimda namoyon bo’lgan o’sha dam

Eh qanday beqiyos edi tasviring

Qanday takrorlanmas go’zal jamoling

Shu tug’yon urdi, uyg’ondi menda

Qayg’u umidsizlik, g’alayon, to’fon

Mayin ovozing, so’zing yangrardi shunda

Tengsiz siyrating, asling o’ngimda shu on

Yillar tasvirida shamoldek onlar

Parishon o’ylarda o’tdiorzular

Mayin ovozingni unutdim endi

Tengsiz chiroying ham hayoldan ketdi

I remember astonishing moments

I remember astonishing moments

At that you appeared near me

How was an amazing your appearance

How was unique your beauty

At the same time I felt and complete

Any care any hopeless and off

Your soft voice sounded out at that

Your unequal image was opposite of

Years passed. Instants passed too

Dreams crossed in confused thought

I forgot your soft voice too

Your beauty also went in my thought.

Ingliz va rus tillari bir biriga qardosh til hisoblanadi. Asosan she’riy tarjimada gramatik muammo noqardosh tillar o’rtasida vujudga keladi. Shu sababli bu ikki tildagi she’rlarni tarjima qilish mobaynida gramatik muammo deyarli topilmadi. Ammo o’zbek tili bu ikki tilga ham noqardosh, shu sababli tarjimada gramatik muammoga duch kelindi. Ammo ularda ham o’xshashliklar mavjud. Uchta tilga ham umumiy jihat bu qofiya uyg’unligidir. Har uch tilda ham qofiya bir-biriga mos tasvirlangan. Aslida bu poezyaning asosiy qoidasidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. http://rustih.rualeksandr-pushkin-ya-vas-lyubil
  2. English-uzbek dictionary
  3. Ruscha-o’zbekcha lo’g’at
  4. G’aybulloh as-Salom “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”. Toshkent 2003.