Евразийский
научный
журнал
Заявка на публикацию

Срочная публикация научной статьи

+7 995 770 98 40
+7 995 202 54 42
info@journalpro.ru

Оказание внимания воспитанникам дома милосердия в Узбекистане

Поделитесь статьей с друзьями:
Автор(ы): Уринова Латофат Шовкатовна
Рубрика: Педагогические науки
Журнал: «Евразийский Научный Журнал №4 2017»  (апрель, 2017)
Количество просмотров статьи: 2087
Показать PDF версию Оказание внимания воспитанникам дома милосердия в Узбекистане

Уринова Латофат Шовкатовна
Магистр, Каршинского государственного университета

Urinova Latofat Shovkatovna
Qarshi davlat universiteti magistranti

O’ZBEKISTONDA MEHRIBONLIK UYI TARBIYALANUVCHILARIGA KO’RSATILAYOTGAN E’TIBOR

Respublikamizda mustaqillik yillarida inson shaxsiga nisbatan bо‘lgan munosabat keskin о‘zgardi. Jamiyatning a’zosi bо‘lgan har bir shaxs taqdiriga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Prezidentimiz tomonidan 2017-yilni „Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yili deb e’lon qilinishi xalq orasidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan yetim va qarovsiz bolalar muammosini yanada kengroq o’rganish zaruratini yuzaga keltirdi. Ayniqsa, muayyan sabablarga kо‘ra, о‘z ota-onasidan, yaqin kishilari mehridan mahrum bо‘lgan yetim va qarovsiz bolalarga ta’lim-tarbiya berish, alohida ijtimoiy himoyaga olish ishlarining samarali yo’lga qo’yilgani bu borada ulkan ishlar amalga oshirilayotganligining belgisidir. Zotan, kelajagi buyuk davlatni bunyodga keltirish uchun har qanday davlatning asosiy bo’g’ini bо‘lmish oilalarning mustahkamligi, uning jamiyat oldidagi asosiy funksiyalaridan biri bо‘lmish tarbiyaviy vazifasini tо‘la-tо‘kis bajarishga, unda voyaga yetayotgan bolalarning tо‘liq oilalarda, ota-ona mehriga qonib, jamiyatning yetuk fuqarosi sifatida shakllanib ulg‘ayishiga sharoit yaratish davlatning ustovor vazifalaridan biri sifatida belgilangan. Buning uchun eng avvalo, mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchilar sonini keskin kamaytirish, ularda mehribonlik uylarida emas, balki о‘z ota-onalari quchog‘ida, yaqinlari atrofida ulg‘ayishini ta’minlash mustaqil Respublikamizning istiqbolini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.

Butun dunyoda va shu jumladan, respublikamizda dolzarb vazifalardan biri sifatida qaralayotgan qarovchisini yо‘qotgan bolalar sog‘ligini, ma’naviy — axloqiy jihatdan normal rivojlanishini ta’minlash va ularni jamiyatning yetuk, tо‘laqonli a’zosi sifatida tarbiyalash, voyaga yetkazish masalasi har qachongidan ham ahamiyatli muammolardan biriga aylanib bormoqda.

Respublikamiz hukumati tomonidan mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini moddiy, ijtimoiy tomondan qо‘llab-quvvatlash borasida juda kо‘plab qarorlar va amaliy tadbirlar ishlab chiqildi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida quyidagilar qayd etilgan: Ota-onalar o’z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo’lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o’qitishni ta’minlaydi, bolalarga bag’ishlangan xayriya faoliyatlarini rag’batlantiradi.

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi hamda Mehribonlik uylari davlat tomonidan quyidagicha ta’minlanadi:

1. Ma’nan va ruhan qo’llab quvvatlanadi

2. Тa’lim—tarbiya jarayoni alohida e’tiborga olinadi

3. Ijtimoiy—iqtisodiy jihatdan moddiy tomondan to’liq ta’minlanadi.

4. Тarbiyalanuvchilarning sog’ligiga alohida e’tibor beriladi va tibbiy shart-sharoitlar yaratiladi.

5. Тarbiyalanuvchilar o’qish faoliyati bilan shug’ullanishi va bo’sh paytlarini mazmunli o’tkazishlari uchun barcha sharoitlar yaratiladi.

Ushbu fikrlar Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini doimo boshini silashga mehribon qo’llar borligini hamda hukumatimizning ularga g’amxo’r ekanligidan dalolat beradi

Shu o’rinda Тa’lim to’g’risidagi Qonunning 22-moddasini ham keltirib o’tish o’rinli. Yetim bolalarni va ota—onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni o’qitish va ularni boqish davlatning to’la ta’minoti asosida qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Shuning uchun ham tarbiyalanuvchilarning huquqlari qonunda ko’rsatilgan tegishli huquqlari asosida himoya qilinadi. Bizga ma’lumki, Mehribonlik uylariga mustaqil yuridik shaxs maqomi berilgan. Boshqa davlat tashkilotlariga mustaqil ish olib borishda qanday huquqlar berilgan bo’lsa, Mehribonlik uylariga ham ana shunday maqom berilgan. Mehribonlik uylari ham mustaqil ravishda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ish yurita oladi. Mustaqillik yillarida Mehribonlik uylariga yanada yaqindan yondashish maqsadida qarorlar qabul qilinib, ular amalda o’z ijrosini topdi.

Masalan, Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 18-fevralda 59-sonli qarori aynan „Mehribonlik uyi” to’g’risida qabul qilinib, u o’zining amaldagi ijrosini ta’minladi. Ushbu tarixiy qaror har tomonlama muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa bu qaror o’zbek xalqiga xos bo’lgan milliy qadriyatlarimizni, an’analarimizni o’zida namoyon etib, ajdodlarimiz merosiga asoslanadi. Vazirlar Mahkamasining ushbu qarorining amaldagi ijrosini ta’minlash maqsadida „Mehribonlik uyi to’g’risidagi Nizom” qabul qilindi. Ushbu nizom yetti qismdan iboratdir, ya’ni ular quyidagilar: Umumiy qoidalar, o’quv — tarbiya jarayoni tuzilmasi va uni tashkil qilish, tarbiyalanuvchilar, kadrlar, mehribonlik uyini boshqarish, moliyaviy-xo’jalik faoliyati, xalqaro hamkorlikda qatnashish.

2007-yilni „Ijtimoiy himoya yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan „Ijtimoiy himoya yili” davlat dasturi tasdiqlandi. Ushbu dasturda Mehribonlik uylari haqida shunday ko’rsatilgan. „Mehribonlik uylari” va ixtisoslashtirilgan maktab—internatlarining moddiy-texnika bazasini, boquvchisidan mahrum bo’lgan bolalar to’g’risida e’tibor va g’amxo’rlikni kuchaytirish, „Sen yolg’iz emassan” maqsadli vazifasini hayotga aniq tadbiq etishdan iboratdir.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 17 oktabrdagi "Mehribonlik uyi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi 230-sonli qarori qabul qilindi. "Mehribonlik uyi to’g’risidagi Nizom"ning tub mohiyatiga to’xtaladigan bo’lsak unda Mehribonlik uylariga bugungi kunda davlatimizning g’amxo’rligi hamda ularning tarbiyasi va ta’limiga e’tibor berish, takomillashtirish yo’llari aytib o’tilgan. Bularning barchasi Mustaqillik yillarida olib borilgan kuchli ijtimoiy siyosatning belgisi hisoblanadi.

Adabiyotlar ro’yxati

  1. O’zbekiston Resrublikasining konstitutsiyasi. T: „O’zbekiston” 2008.40 bet.
  2. Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T: "Sharq nashriyoti„1998. 63 bet.
  3. Vazirlar Mahkamasining 1995yil 18-fevraldagi 59-sonli Qaroriga 3-ilova „Mehribonlik uyi to’g’risida Nizom”, „Ma’rifat gazetasi,1995 yil 29-mart.”