Евразийский
научный
журнал
Заявка на публикацию

Срочная публикация научной статьи

+7 995 770 98 40
+7 995 202 54 42
info@journalpro.ru

O`QISH DARSLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA O`QITUVCHI TOMONIDAN TANLANADIGAN METODLAR

Поделитесь статьей с друзьями:
Автор(ы): Umrzaqovq Jumagul Maxmuljonovna
Рубрика: Педагогические науки
Журнал: «Евразийский Научный Журнал №1 2020»  (январь, 2020)
Количество просмотров статьи: 3979
Показать PDF версию O`QISH DARSLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA O`QITUVCHI TOMONIDAN TANLANADIGAN METODLAR

Umrzaqovq Jumagul Maxmuljonovna
Norin tumani 30 umumiy o`rta ta`lim maktabi o`qituvchisi
Namangan, O`zbekiston

O`qish darslarining samaradorligi ko`p jihatdan ta`lim metodlarining to`g’ri tanlanishiga bog’liq.

“Metod” atamasi yunon tilidan olingan bo`lib, muayan maqsadga erishish, borliqni amaliy va nazariy o`zlashtirish usullari majmuidir. Binobarin fanning o`zi kabi o`qitish metodlari ham doimiy rivojlanishda bo`ladi. Masalan, eski maktablarda o`qish quruq yod olish metodi asosida o`rgatilgan bo`lsa, hozir izohli o`qish asosida olib boriladi. YOd olish metodida matndagi so`zlarga izoh berishga, ma`nosini tushuntirishga, o`qilganni qayta hikoyalashga umuman olganda, o`qishning ongli bo`lishiga mutlaqo e`tibor berilmagan. Ularda ko`proq to`g’ri talaffuz, qiroat bilan o`qish, ifodali o`qish nazarda tutilgan.

Hozir maktablarda o`qish izohli o`qish metodi asosida olib borilayotgan ekan, quyidagicha savol tug’iladi: Izohli o`qish nima?

Izohli o`qishga XX asrning 60-70-yillarida rus pedagogi K. D. Ushinskiy asos solgan, u o`qishda o`quvchilarni “ongli, tushunib, o`ylab o`qishga” o`rgatishni alohida ta`kidlaydi va uni “Izohli o`qish” deb nomlaydi.

Izohli o`qish metodiga K. D. Ushinskiy ishining davomchilari yangiliklar kiritdilar. Korf va Vaxterev izohli o`qish o`quvchilarga real bilim berish vositasi desa, Vodovozov va Bunakov o`quvchilarga o`qish jarayonida bilim badiiy asar tahlili va asarning tarbiyaviy xarakteri bilan bog’liq holda beriladi, degan fikrni ilgari suradilar.

Professor Asqar Zunnunov o`qitishning mazmuni va usullari haqida fikr yuritib, o`quvchilarning oldin bilimlarni o`zlashtirishiga, so`ng yod olishlariga e`tibor berilishi ta`lim jarayonida izohli o`qish deb nomlanganini ta`kidlaydi.

Demak, izohli o`qish deb o`ylashga, his qilishga, asarni to`liq idrok qilishga, o`qilganning mazmunini o`zlashtirishga olib keladigan o`qishga aytiladi. Izohli o`qish asar mazmunini tushunishni, asardagi muhim fikrni, yozuvchi ilgari surayotgan g’oyani anglashni ta`minlaydi.

Izohli o`qish qo`yidagi tamoyillarga to`liq amal qilingandagina muvaffaqiyatli bo`ladi.

1. O`qishni hayot bilan bog’liq holda tashkil etish.

2. O`qishning ongli va ta`sirchan bo`lishi uchun o`quvchilarning hayotiy tajribalariga, taassurotlariga asoslanish.

3. O`qishni ko`rgazmali tashkil qilish, tabiatga, tarixiy joylarga ekskursiyalar uyushtirish, hayvonot olami va o`simliklar dunyosini kuzatish, rasmlar, jadvallar, predmetlar bilan tanishtirish hamda matnni o`quvchining ifodali o`qishi tarzida olib borish.

Boshlang’ich sinf o`qish darslarida asosan she`rlar, masallar, ertaklar, hikoyalar, afsonalar, maqol va topishmoqlar, ilmiy-ommabop asarlar o`qib o`rganiladi. Tabiiyki, ularning har biri o`ziga xos shakl, uslub va mazmunda yaratiladi. SHuning uchun ham har bir janrga mansub asarlarni o`ziga xos usulda o`qib o`rganish taqozo qilinadi.

Badiiy asarni izohli o`qishga yaqin bo`lgan metodlardan biri ijodiy o`qishdir. Atoqli metodist olim N. I. Kudryashov ijodiy o`qish metodi tarkibiga quyidagi ish usullarini kiritadi:

a) o`qituvchilarning badiiy matnni sharhlab o`qishi hamda o`quvchilarning asarni to`g’ri va imkon qadar yanada chuqurroq, emostional idrok etishlarini ta`minlash maqsadini ko`zda tutuvchi so`zi;

b) o`qilgan asardan o`quvchilarning bevosita olgan taassurotlarini chuqurlashtirish maqsadiga ega bo`lgan va ularning diqqatini matnning muhim g’oyaviy va badiiy hususiyatlari sari yo`naltiradigan suhbat uyushtirish yoki o`qilgan asardan kelib chiqadigan badiiy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy muammoning qo`yilishi;

v) o`qituvchining asar o`qilganidan keyin o`quvchilarning asarni tadqiq etish jarayonida to`yingan badiiy kechinmalarini faollashtirish maqsadini ko`zda tutuvchi so`zi [1].

Ko`rinadiki, ijodiy o`qish izohli o`qishdan farqli o`laroq, to`g’ridan — to`g’ri matn mohiyatini ochishga ijodiy yondashishni taqozo etadi. Masalan 4-sinfda A. Oripovning “Dehqonbobo va o`n uch bolakay qissasi” asarini ijodiy o`qish metodi asosida o`rganish jarayonida matn mazmuni va shoir g’oyaviy niyatidan kelib chiqib Vatanimiz hududlaridagi aholining yashash tarzi bilan bog’liq milliy hususiyatlar haqida ham atroflicha tushuncha beriladi.

2-sinfda “O`tinchi yigit”, Boshlang’ich sinfda O`tkir Hoshimovning “Xazonchinak”, 4-sinfda S. Anorboevning “Qo`rqoq” asarlarini ham ijodiy o`qish metodi asosida o`qitish ijobiy samaralar beradi.

Badiiy o`qish. Badiiy o`qish ifodali o`qishning yuksak bosqichi hisoblanadi. Unda so`z san`atining barcha komponentlari ishtirok etadi. U o`quvchidan asar ruhiga batamom kirishni, san`atkorona o`qishni talab etadi. Badiiy o`qishda asar qahramonlarining ruhiy holati, kechinmalari to`la anglab etilgandagina ta`sirchanlikka erishish mumkin. Badiiy o`qishga tayyorgarlik ko`rishda aktyorlarning audio-video tasmalarga yozilgan ijrolaridan foydalanish yaxshi samara beradi.

Izlanish metodi. Bu metod asardagi voqea va tafsilotlar asosida o`quvchilarga savol-topshiriqlar tuzishda, qahramonlarga baho berishda keng qo`llaniladigan usuldir.

O`qish darslarida reproduktiv metoddan ham foydalaniladi. Masalan, o`qituvchi dastlabki darslarda o`zi asar matnini qismlarga bo`ladi, yozuvchi yoki shoirning aytmoqchi bo`lgan muhim fikriga o`quvchilar diqqatini jalb qiladi, uni aniqlab ko`rsatadi, o`quvchilar bilan birga tasvir vositalariga yuklatilgan ma`noni ochib, o`quvchilarga ko`maklashadi. Bularning bari o`quvchilar uchun bir ko`rsatma vazifasini o`taydi. SHundan so`ng o`quvchilar o`qituvchining ko`rsatmalari yordamida yuqorida ko`rsatib o`tilgan vazifalarni o`zlari mustaqil ravishda bajaradilar.

YUqorida ta`kidlangan metodlardan tashqari, boshlang’ich sinf o`qish darslarida ilg’or pedagogik texnologiya usullaridan “Aqliy hujum”, “Tarmoqlar”, “Guruhlar bilan ishlash” kabilardan ham foydalanish yaxshi samara beradi.

SHuni ta`kidlab o`tish kerakki, har bir darsda qanday metoddan foydalanish, darsda qanday usullarni qo`llash o`qituvchi tomonidan oldindan belgilab olinishi va puxta ishlab chiqilishi kerak.

Список литературы

  1. Кудряшов Н.И. Взаимосвязь методов обучения на уроках литературы. — Москва: Просвешение. . 1981.- 60-стр.