Евразийский
научный
журнал
Заявка на публикацию

Срочная публикация научной статьи

+7 995 770 98 40
+7 995 202 54 42
info@journalpro.ru

Место национальных подвижных игр в воспитании учеников начальных классов

Поделитесь статьей с друзьями:
Автор(ы): Тўраева Наргиза Зокиржоновна
Рубрика: Педагогические науки
Журнал: «Евразийский Научный Журнал №11 2017»  (ноябрь, 2017)
Количество просмотров статьи: 2141
Показать PDF версию Место национальных подвижных игр в воспитании учеников начальных классов

Тўраева Наргиза Зокиржоновна
преподаватель Наманганского ИПКУНО
Наманган, Узбекистан

To`raeva Nargiza Zokirjanovna
Namangan VHTO`MOI o`qituvchisi
Namangan, O`zbekiston

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARI TARBIYASIDA MILLIY XALQ HARAKATLI O’YINLARINING O`RNI

O’zbek xalq milliy o’yinlari uzoq taraqqiyotga ega bo’lib, ular yordamida bolalarni tarbiyalashda juda katta e’tibor berib kelingan. Chunki ular o’z xususiyati yo’nalish qoidasi va imkoniyatlarga ko’ra yosh avlodni aql idrokli, jismonan sog’lom, baquvvat, tetik, ziyrak va axloqan pok holda tarbiyalash imkonini bergan. Shu bois ham hozirgi kunda xalq o’yinlaridan boshlang’ich sinf o’quvchilar tarbiyasida foydalanish maqsadga muvoffiqdir.

Maktab tajribasi shuni ko’rsatadiki xalq o’yinlarini amaliyotda qo’llash o’quvchilarda tezkorlik, kuchlilik, chidamlilik, epchillik, chaqqonlik, mehantsevarlik va jismoniy sifatlarni tarbiyalaydi.

Bundan tashqari milliy o’yinlar o’quvchilarni vatanparvarlik, rostgo’ylik va to’g’rilik, kamtarlik ruhida tarbiyalashda ham katta xizmat qilmoqda.

Xullas, o’zbek milliy o’yinlarning sog’lom avlodni tarbiyalashdagi rolini hisobga olgan holda, uning o’quvchilarni sog’ligini ta’minlab borishda, umuinsoniy qadriyatlarini o’rganishda va saqlashiga hamda o’rtoqlik, do’stlik, milliy urf — odatlarimizni qadrlashga ularni o’rgatib borishimiz lozim.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarining „Jismoniy tarbiya” darsliklarida xalq o’yinlariga katta o’rin berilgan bo’lib, bu o’yinlar o’zining qiziqarliligi, sermazmunliligi va harakatlarga boyligi bilan o’quvchilarni o’ziga tez jalb qiladi.

O’qituvchi o’quvchilarni xalq o’yinlariga bo’lgan qiziqishlarini inobatga olgan holda ularga o’yinning nomi, o’yin qoidasi, o’yinlarda bajariladigan turli harakatlarni ko’rsatib, tushuntirib beradi.

O’quvchilarning harakatini faollashtirish maqsadida esa o’yin usullarini ushbu harakatlarga taqlid qilish, ularni ifodali, nafis qilib bajarishlariga katta e’tibor berilishi talab etiladi.

Biz tajriba olib borayotgan maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari xalq o’yinlarini sevib o’ynamoqdalar.

Xalq o’yinlaridan „Tandir pishdi”, „Do’ppitosh”, „Oq jo’xori”, „Baland — past”, „Jimbalak xola”, „Chillak”, „Kalit”, „Besh tosh”, „Qoch bolam qush keldi”, „Kim topqir”, „Arqon tortish”, „Hakkalangan qushchalar”, „Kim tez o’raydi”, „Merganlar”, „Zag’izg’on”, „Qaldirg’och”, „Qo’l ushlashib quvlashmoq”, „Chir aylanma”, „Belbog’da kurashish”, „Xo’rozlar jangi”, „Qushim boshi”, „Jami”, „Lafta”, „Dor”, o’yini va boshqalar shular jumlasidan iborat bo’lib, maktabning kun tartibiga binoan tanaffus vaqtida, mehant faoliyatida, jismoniy tarbiya darslarida, bayram va ertaliklarda o’tkazilib turiladi.

O’quvchining barcha faoliyati kabi xalq o’yinlarida ham ishtirok etish o’qituvchi zimmasiga yuklatiladi.

U o’yinlarni o’tkazishda o’quvchilaning yoshini, jismoniy rivojlanishini, harakatlar xususiyatini hisobga olish va o’yin qoidalarini ishlab chiqishi kerak.

Hozirgi kunda o’qituvchilarning birinchi galdagi vazifasi farzandlarimizni milliy tarbiya vositasi asosida tarbiylash, ularni ruhan tetik, baquvvat vatan himoyasiga tayyor qilib o’stirishdan iborat bo’lmog’i lozim. Xalq o’yinlarini tiklash va uni rivojlantirish faqat o’qituvchilarning ishi bo’lib qolmasdan, balki o’zini o’zbek deb bilgan har bir insonning, butun jamoatchilik e’tiborini ana shu muammoga qaratish lozim.

Xalqimizning ming yillar davomida yaratgan og’zaki ijod boyliklarni to’plash, o’rganish, bu xazinadan yosh avlodni ma’naviy boy, axloqiy pok, jismonan barkamol qilib tarbiyalash ishidan samarali foydalanish bugungi kunda oldimizda turgan ham nazariy ham amaliy ahamiyatga ega bo’lgan muhim vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi.

Адабиётлар:

  1. Rahimqulov K.: „Harakatli o’yinlar”. (ma’ruzalar matni) T — 2001y