Евразийский
научный
журнал

Ingliz shoiri edmond spensorning “amoretti” sonetida leksik birliklar

Поделитесь статьей с друзьями:
Автор(ы): Уралова Мохларойим Жуманазаровна
Рубрика: Педагогические науки
Журнал: «Евразийский Научный Журнал №10 2018»  (октябрь, 2018)
Количество просмотров статьи: 573
Показать PDF версию Ingliz shoiri edmond spensorning “amoretti” sonetida leksik birliklar

УРАЛОВА МОХЛАРОЙИМ ЖУМАНАЗАРОВНА
Студентка ТерГУ, УЗБЕКИСТАН

O’ROLOVA MOHLAROYIM JUMANAZAROVNA
TerDU talabasi, O’ZBEKISTON.

Yer yuzida milliondan ortiq qiyofalar mavjud bo’lib, ularning har biri o’z ichki dunyosiga ega. Bu huddi millionlab qor parchalari singari bir-birini takrorlamaydi. Biz bir qarashda anglay olmaydigan insonlarning qalblarini kashf etuvchi shunday kasb egalari borki, ular Alloh tomonidan in’om etilgan ilohiy qobiliyatga egalar. Shoir deb atalmish bu iste’dod egalari o’zlari yaratgan san’at asarlari orqali insonlarning his-tuyg’u va kechinmalarini ifoda etishadi.

Qalam toza qalb va pok vijdon bilan tebratilsa, shox asarlar dunyoga keladi. Mana shunday yuksak iqtidor egalaridan biri, XVI asrning o’rtalarida yashab ijod etgan, buyuk ingliz “shoirlari shahzodasi” nomini olgan Edmond Spensor ijodi hamma vaqt adabiyotga oshno qalblarni o’ziga jalb qilib kelmoqda. Uning sonetlari hamda she’riy asarlari ko’plab tillarga tarjima qilinib, butun dunyoda uning ishqiy maktublar maqomini olgan sonetlari sevib mutolaa qilinadi. Uning ijodidagi mahorat bilan tanlangan she’riy uslublar, nozik did bilan keltirilgan leksik birliklar va so’zlar shoirning muxlislariga yetkazmoqchi bo’lgan hissiyotlar va tuyg’ularni tasvirlashdagi o’rni beqiyos.

Shoirning ijodida beqiyos o’rin egallovchi “Faerie Queene ” sonetlar jamlanmasida mahorat bilan tanlangan leksik birliklarni boshqa biror shoir ijodida uchratishimiz mushkul. Fikrimiz dalili sifatida o’sha to’plamdan joy olgan, Elizabet Boylga atab yozilgan “Amoretti” sonetida foydalanilgan so’zlar oshiq shoirning o’z suyuklisiga bo’lgan mehr- muhabbatini mukammal darajada yoritib bergan. U so’z tanlashda so’zlarning nafaqat qofiyaga mos kelishiga, qolaversa, ularning ta’sirchanligi va nafisligiga ham alohida e’tibor bergan:

One day I wrote her name upon the strand

But came the waves and washed it away:

Again I wrote it with the second hand,

But came the tide made my pains prey.

“vain man” said she, “that dost in vain assay,

A mortal thing so to immortalize;

For I myself shall like to this decay,

I eke my my name be wiped out likewise

“not so”, (quod) “let baser things devise

To die in dust, but you shall live by fame:

My verse your vertues rare shall eternize,

And in the heavens write your glorious name:

Where, whenes death shall all the world subdue

Our love shall live, and later life renew”.

Spensorning yuqorida keltirilgan she’riy namunasini tarjima qilishim jarayonida uning so’z tanlash san’ati va ularni o’z o’rnida mohirona qo’llashi asnosida so’zlarning leksik-semantik xususiyatlarini to’la anglagan holda qo’llaganligiga guvoh bo’ldim:

Bir kun sohil bo’yiga uning ismini yozdim,

Lekin to’lqinlar kelib nomin o’chirib ketti.

Ikkinchi qo’lim bilan nomini qayta yozdim,

Ammo mavjlar keldi va dardim uyg’otib ketti:

U dedi, ey yorim, behudaga urinma,

Bilginki, bu o’limdir, va ortiga qaytmaydi.

U men uchun go’yoki chirish, yemirilishdir,

O’zim bilan nomimni sendan olib ketadi.

Yo’q dedim, unday bo’lmas

Bari o’tib ketar, lek sen sharafla yasharsan

Bu she’r hislatlaring noyob zohiri bo’lgay

Va u butun samoga sening ismingni yozgay

Har qachon va har yerda o’lim doim oniydir,

Bizning sevgimiz esa yashayverar boqiydir.

1. Strand — ingliz tilida tola, ip deb tarjima qilinadi. Ammo shoir she’rida bu so’zni irlandcha shevadagi tarjimasi, ya’ni “sohil, dengiz bo’yi”, inglizchada esa “shore” dek foydalagan. Bu esa she’rni ta’sirchanligini yanada oshirgan.

2. Immortalize — oldini olmoq deb tarjima qilinadi. Lekin uni deyarli hech qaysi shoirning ijod namunalarida uchratmaymiz, vaholangki, u o’zining lug’aviy ma’nosini kuchaytirishga yordam bergan.

3. Qoud- bu so’zning tarjimasini ingliz tili lug’atlaridan toppish ancha mushkul bo’lib, u javob qaytarmoq ya’ni “reply” degan ma’noda she’rda qo’llanilgan. Ammo shoir bu leksik birlikni shunchaki so’z emas balki kiritma so’z sifatida qo’llagan.

4. Eternize- poyonsiz tarjimasiga ega bo’lgan ushbu leksik birlikni yuksak san’at bilan ishlatgan.

5. Virtue- shoir bu so’zni suyuklisining yaxshi xislatlarini ifodalash uchun foydalangan va bu leksik birlik o’z vazifasini a’lo darajada uddalagan.

Yuqorida keltirilgan tahlillar asosida shuni ta’kidlash lozimki, shoirning hayoti va ijodini o’rganish hamda ijod namunalarini tarjima qilish mobaynida, uning naqadar iste’dodli va shu bilan birga mehr-muhabbatga to’la qalbli inson bo’lganligi hamda undagi so’z tanlash va u foydalangan leksik birliklarning naqadar jozibadorligi uning “shoirlar shahzodasi” maqomiga loyiqligining dalilidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Maruzalar matni. Tili o’rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti. T., 2015.
  2. Simpson A.J. The Oxford dictionary of English. Oxford University Press. 1989.
  3. https://en.m.wikipedia.org/Edmundspenser.com