Евразийский
научный
журнал
Заявка на публикацию

Срочная публикация научной статьи

+7 995 770 98 40
+7 995 202 54 42
info@journalpro.ru

Ekologik ta`lim jarayonida zamonaviy axborot texnalogiyalardan foydalanish.

Поделитесь статьей с друзьями:
Автор(ы): Qaytarov X. Sh.
Рубрика: Педагогические науки
Журнал: «Евразийский Научный Журнал №7 2016»  (июль)
Количество просмотров статьи: 5183
Показать PDF версию Ekologik ta`lim jarayonida zamonaviy axborot texnalogiyalardan foydalanish.

MRDI Informatika va mеnеjmеnt kafеdrasi
katta o’qituvchisi X.Sh.Qaytarov

Hozirgi kungacha vatanimiz qaysi bir sohani olmaylik yuqori natijalarga yerishib rivojlanishning o‘zbek modelini dunyo hamjamiyatiga ko‘rsatib qo‘ymoqda. Bu borada ekologik ta’lim sohasiga ham alohida e’tibor  berib kelinmoqda. Davlatimiz tomonidan ekologik ta’limni rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlarning barchasi yosh avlodning har tomonlama yetuk va barkamol bo‘lib yetishishiga xizmat qilmoqda.

Ekologik ta’lim jarayonida  talabalarni  faoliyatiga o‘rgatish har bir professor – o’qituvchidan yuksak mahorat, ta’limni  tashkil etish tug’risidagi  bilimlar tizmini  mukammal egallash, ular bilan  ishlash  va ularni  mustaqil faoliyatlarni  tashkil  etishni  uyushtira  olish  ko’nikma  va malakalariga  ega bo’lishlikni  talab etadi.

XXI asr bosag’asida axborot texnologiyalari jamiyatning shu qadar muhim bo‘lagi va tarkibiy qismiga aylandiki, mamlakatning barcha sohalari jadal sur’atlar bilan rivojlanishi bevosita unga bog‘liq bo‘lib qoldi. Shu sababli har bir davlat bugungi kunda jamiyatni va shu bilan birga ta’limni ham  axborotlashtirish masalasiga jiddiy e’tibor bermoqda.

Respublikamizda jahonning rivojlangan mamlakatlari kabi kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor berilmoqda. Hozirgi kunda ta’limning  hamma sohalarini axborotlashtirish sari keng ko‘lamda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Ekologik ta’limni axborotlashtirish-axborotlashgan jamiyat sharoitida talaba-yoshlarni jamoatchilik va kasbiy faoliyatda samarali qatnashishga tayyorlash maqsadida ta’lim tizimining barcha komponetlarini axborot texnologiyalarini qo‘llash asosida  yaxshilash  bosqichidir.

Ekologik  ta’limi  o‘qitish jarayonini axborotlashtirish  va  o‘qitishda o‘quv-uslubiy ishlarni qayta tashkil etish; o‘qituvchi va uning rolini o‘zgartirishga bo‘lgan talablarni ortishi; o‘rganuvchi shaxsining va uning individuallashtirish xususiyati rolining ortishi; ta’lim muassasa rolining o‘zgarishi va uning o‘quvchi-yoshlar tarkibi joylashgan joyga ta’siri; axborot resurslarining mumkin bo‘lgan hajmining to‘satdan ortishi; axborot xizmati ko‘rsatishning ahamiyatini o‘sishi, ayniqsa, ta’limiy va ilmiy xarakterdaligi kabilarni o‘z ichiga oladi.

Ekologik  fanlarini o‘qitish tizimini axborotlashtirish bu jarayonni sifatini oshirish; aholi bilimdonlik saviyasi oshishi va mamlakatning iqtisodiy potensiali o‘sishini ta’minlash; milliy ta’limning jahon ta’lim tizimiga integratsiyalanishini ta’minlash kabi muhim masalalarni hal qilishni ta’minlaydi. Bu masalalarning o‘z vaqtida hal etilishi esa: a) biologik  bilimlarni mexanik tarzda o‘zlashtirishdan yangi bilimlarni mustaqil egallash ko‘nikmasiga o‘tishni ta’minlovchi tabiatni muhofaza qilish ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etishga asos yaratadi; b) axborotlar (to‘plash, saqlash, qayta ishlash va uzatish) bilan ishlashning zamonaviy usullarini o‘zlashtirishni ta’minlaydi; v) ekologik ta’limi fanlarini o‘qitishda o‘quv-biluv faoliyatni intellektuallashtiradi.

Axborot texnologiyasi dasturli-apparatli imkoniyatga ega bo‘lib, uni o‘quv jarayoniga tatbiq qilish quyidagilarni ta’minlaydi: interaktiv rejimda ishlash; foydalanuvchi va axborot texnologiyasi o’rtasida sezilarli teskari aloqa o‘rnatish; o‘rganilayotgan jarayonni, shu jumladan, haqiqiy kechayotgan jarayonni aniq tassavur qilish (masalan, modul, grafik, diagramma, jadval va h.k ko‘rinishda); turli xil ob’ektlar yoki haqiqiy kechayotgan jarayon yoki hodisa modelini kompyuter ekranida obrazli ko‘rinishda tasvirlash va uni boshqarish; o‘rganilayotgan ob’ekt va unda ro‘y berayotgan hodisa yoki jarayon haqidagi ma’lumotlarni qayd etish, to‘plash, saqlash va qayta ishlash; yetarli katta hajmdagi axborotlarni baza ko‘rinishida saqlash va ulardan optimal foydalanish imkoniyatini ta’minlash; eksperiment natijalarini qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish.

Qayd etilganlar esa, o‘z navbatida, axborot texnologiyasidan ekologiya fanini o‘qitish jarayonida foydalanishning quyidagi pedagogik maqsadlarini aniqlash imkonini beradi:

  • Talabaning ijodiy salmog‘ini rivojlantirish;

  • munosabat xatti-harakatlarga qobiliyatlilikni rivojlantirish;

  • tajriba-sinov - tadqiqot faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish;

  • o‘quv-biluv faoliyat ekologik madaniyatini  rivojlantirish;

  • o‘quv-tarbiya jarayoni barcha pog’onalarini sifat va samaradorligini oshirish;

Talabaning ekologik bilim, ko‘nikma va malakalarini monitoring qilish hamda baholash katta ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish og‘zaki, yozma va amaliy shaklda amalga oshiriladi. Og‘zaki tekshirish talabalar bilimining saviyasi, puxtaliga va ongliligini aniqlash imkonini beradi.

Bilimlarni yozma tekshirish nisbatan kamroq, odatda talabalar bilimini sinab ko‘rish kerak bo‘lganda, ya’ni ularni berilgan mavzuni o‘rganishga u yoki bu masala bo‘yicha qanday bilimlar bilan kelganligini va bu bilimlar mavzuni o‘rgangandan keyin qanday darajada to‘lganligini aniqlash zarur bo‘lganida qo‘llanadi.

Keyingi yillarda talabalarni bilimini nazorat qilish usulidan keng foydalanilmoqda. Bunda so‘rash vaqtini qisqartirish va hamma ularni qamrab olish imkoniyati yuzaga keladi.  

Talabalarda ekologik bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish jarayoni quyidagi didaktik masalalarni hal qilishga yo‘naltirilgan:

1. Bilim, ko‘nikma va malakalar sifatini aniqlash. Bilim, ko‘nikma va malakalarning sifati, eng avval ularning puxtaligi va ongliligi bilan tavsiflanadi. Bilim, ko‘nikma va malakalarning puxtaligiga ishonch hosil qilish uchun ularni faqat o‘zlashtirayotgan paytida emas, balki o‘quvchilarning keyingi faoliyatida ham tekshirib borish kerak.

Shunday, qilib, butun ekologik ta’lim davomida talabalar faoliyati tizimli ravishda uzluksiz nazorat qilib boriladi.  

2. Talabalarni ekologik ta’lim jarayonidagi faoliyatlarini rag’batlantirish. Bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish pedagog va talaba uzaro yordam ko‘rsatishi uchun muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Tekshirish jarayonida ularni ishlaridagi xatolarni ko‘rsatish bilan cheklanib qolmay, bu kamchiliklarni bartaraf etishga yordam bersagina bunga erishish mumkin. Bundan tashqari, ular bajargan ish bosqichining umumiy tavsifini tushuntiradi, bunda u o‘quvchilarda bajariladigan ishning bajarilgan ishlardan farqlari haqida-uning murakkablik darajasi yoki javobgarligi va ekologik axborotlar haqida aniq tasavvur hosil qiladi. Natijada talabalar kelajakni ko‘radilar va bu ularni safarbar qiladi, o‘z vazifalarini tashkil qilish, mustaqil topshirilarini sifatli bajarish ishtiyoqini uyg‘otadi.

3. Talabalar o‘z-o‘zini nazorat qilish malakalarini o’zlashtirish. Ekologik ta’limi pedagogi, ko‘nikma va malakalarini tekshirishga talabalarni o‘zlarini ham jalb etadi. Bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish baholash bilan yakunlanadi. ekolodiya mashg‘ulotlarida baholash ta’lim tizimi barcha bo‘g‘inlarida keng joriy etib borilayotgan reyting tizimi asosida amalga oshiriladi.

Ekologik  ta’limi fanlarini o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalansa, uning hozirgi zamon talablari darajasida talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishi ortadi hamda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rganadi va ularda tabiatni muhofaza qilish bilimlari, ko‘nikma va malaka shakllanadi.

Demak, talabalarni ekologiya fanidan bilim olish  faoliyatini tashkil etish ishi hozirgi kunda ta’lim sohasining dolzarb maslalaridan biri sifatida qaralib kelinmoqda va axborot texnologiyalarni bu jarayonda o’rni beqiyosdir.






FOYDALAILGAN ADABIYOTLAR

  1. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosiy mafkura. 1-tom, T., «O’zbekiston», 1996, 44-bet.

  2. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash-davr talabi. 5-tom. T. «O’zbekiston» , 1997, 129-bet.

  3. Yangi pedagogik texnologiya nuqtai nazaridan ta’limni didaktik loyihalash. Pedagogik ta’lim. 2000, 3-son. 38-41-6.

  4. Ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari mavzusidagi seminar trening materiallari. T.: 2002 y.